Iqtisodiyot | 12:27 / 22.11.2024
2980
2 daqiqa o‘qiladi

Bir qator yirik soliq to‘lovchilarning davlat budjetidagi ulushi qisqaradi

2024 yil prognoz ko‘rsatkichlari bilan taqqoslaganda, keyingi yilda davlat budjeti tushumlarida OKMKning ulushi 5,8 foizdan 5,2 foizga, “O‘zbekneftgaz”ning ulushi 2,5 foizdan 1,5 foizga, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ulushi 0,4 foizdan 0,2 foizgacha, Uz-Kor Gas Chemical MChJning ulushi 0,3 foizdan 0,1 foizga pasayishi kutilyapti.

Foto: “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati

Iqtisodiyot va moliya vazirligi "Fuqarolar uchun budjet" nashrining keyingi yil uchun ishlab chiqilgan loyihasini e’lon qildi.

2025 yilda davlat budjeti daromadlarining qariyb to‘rtdan bir qismi OKMK va NKMK hissasiga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Bu ikki kombinatning budjet shakllanishidagi o‘rni 22,9 foiz bo‘lishi prognoz qilingan.

2023-2025 yillarda yirik soliq to‘lovchilarning davlat budjeti tushumlaridagi ulushining prognoz ko‘rsatkichlari quyidagicha o‘zgargan (raqamlar – foiz ko‘rsatkichlari):

Yirik soliq to‘lovchilar 2023 yil 2024 yil 2025 yil
Navoiy kon-metallurgiya kombinati 14,8 12,4 17,7
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 8,1 5,8 5,2
"Hududgazta’minot" 1,2 1,3 1,5
"O‘zbekneftgaz" 1,8 2,5 1,5
"UzGasTrade"     1,4
"UzAuto Motors" 0,9 1 1,3
"Navoiyuran"     1,2
"UzBAT" 1,1 1 0,9
"O‘ztransgaz" 1,7 0,4 0,4
"Issiqlik elektr stansiyalari"     0,2
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 0,6 0,4 0,2
"Hududiy elektr tarmoqlari"     0,1
"O‘zbekiston metallurgiya kombinati" 0,4 0,3 0,1
Uz-Kor Gas Chemical 0,6 0,3 0,1

2024 yil prognoz ko‘rsatkichlari bilan solishtirganda, davlat budjeti tushumlarida OKMKning ulushi 5,8 foizdan 5,2 foizga, "O‘zbekneftgaz"ning ulushi 2,5 foizdan 1,5 foizga, "Buxoro neftni qayta ishlash zavodi"ning ulushi 0,4 foizdan 0,2 foizgacha, Uz-Kor Gas Chemical MChJ ulushi esa 0,3 foizdan 0,1 foizgacha, "O‘zbekiston metallurgiya kombinati"ning ulushi 0,3 foizdan 0,1 foizgacha, "UzBAT" ning ulushi esa 1 foizdan 0,9 foizgacha pasayadi.

O‘z navbatida, davlat budjeti tushumlarida NKMKning ulushi 12,4 foizdan 17,7 foizgacha, "UzAuto Motors"ning ulushi 1 foizdan 1,3 foizgacha, "Hududgazta’minot"ning ulushi esa 1,3 foizdan 1,5 foizgacha oshishi kutilyapti.

Mavzuga oid