Özbekiston Ekologiya qömitasi huzurida Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etiş davlat maqsadli jamğarmasi taşkil etildi.

Prezident qaroriga köra, 2025 yilda respublika budjetidan bu yangi jamğarmaga 900 milliard söm yönaltirilmoqda.

Uşbu mablağ – prezident topşiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş hamda davlat qarziga xizmat körsatiş böyiça foiz tölovlari uçun közda tutilgan mablağlar hisobidan ajratiladi.

Eslatib ötamiz, oktyabr oyi oxirida Markaziy bank raisi Timur Işmetov söm kursining mustahkamlanişi tufayli davlat qarzi böyiça tölovlardan 1,3 trillion söm tejab qolinayotganini aytgandi.

Prezident qaroriga köra, yangi taşkil etilgan Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etiş davlat maqsali jamğarmasiga 2026 yilda quyidagi tadbirlar uçun maqsadli ravişda 548 milliard söm ajratiladi:

  • “Yaşil makon” umummilliy loyihasi uçun – 250 mlrd söm;
  • sanitar tozalaş işlari uçun – 150 mlrd söm;
  • çöllaniş va qum köçişining oldini oliş maqsadida himoya örmonlarini (ihota) yaratiş uçun – 73 mlrd 715 mln söm;
  • örmon xöjaligida maxsus texnikalarni xarid qiliş uçun – 66 mlrd 285 mln söm;
  • hayvonot va ösimlik dunyosi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastrlarini yuritiş xarajatlari uçun – 8 mlrd söm;

2026 yil 1 yanvardan boşlab, quyidagilar Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etiş davlat maqsadli jamğarmasiga yönaltiriladi:

  • Özbekiston Respublikasi tomonidan tasarruf etiladigan uglerod birliklari savdosi natijasida hosil böladigan mablağlarning 20 foizi;
  • atrof tabiiy muhitning ifloslantirilganligi va çiqindilarning joylaştirilganligi uçun kompensatsiya tölovlari, tabiatni muhofaza qiliş töğrisidagi qonunçilik buzilişida aybdor bölgan jismoniy va yuridik şaxslardan ma’muriy va sud tartibida undiriladigan jarimalar, moliyaviy sanksiyalar va pul mablağlaridan ajratmalar (10 foizdan 100 foizgaça);