Jamiyat | 19:10 / 21.08.2017
30201
1 daqiqa o‘qiladi

21 avgustdagi quyosh tutilishi qachon boshlanadi

Foto: GLOBAL LOOK PRESS

21 avgustdagi to‘liq quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan soat 23.25ga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda bu vaqtda yarim tun bo‘lgani sababli bu ajoyib manzarani bevosita kuzatishning iloji bo‘lmaydi, biroq uni internetda onlayn kuzatish mumkin bo‘ladi. Quyosh tutilishi AQSh hududi uzra o‘tadi va 1,5 soat davom etadi, ammo bu vaqtdan 2,4 daqiqagina u maksimal fazada bo‘ladi. Bu payt Oy soyasining Yer sirtidagi eni 115 km ni tashkil qiladi!

Olimlarning prognozlariga ko‘ra, keyingi to‘liq quyosh tutilishi 2025 yil 25 avgustda sodir bo‘ladi. Shu sababli NASA xodimlari hozirgi imkoniyatdan foydalanib, Quyoshning hali noma'lum bo‘lgan sirlarini ochish istagidalar. Jumladan, ular quyosh tutilishi ionosferaga ta'sir qilishi-qilmasligini va quyosh shamoli qaysi tomondan esishini aniqlashmoqchi.

Mavzuga oid