Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
8 dekabr: poytaxt havosida mayda zarrachalar darajasi me’yordan oshmadi
Toshkent shahrida 2025 yil 8 dekabr kuni soat 09:00 holatiga ko‘ra atmosfera havosida PM10 va PM2,5 mayda zarrachalar miqdori belgilangan me’yorlardan oshmadi. Bu haqda atmosfera havosi ifloslanishini kuzatuvchi avtomatik monitoring stansiyalari ma’lumotlariga tayanib xabar berildi.
Foto: Kun.uz
Monitoring natijasiga ko‘ra:
PM10 mayda dispersli zarrachalar miqdori 62 mkg/m³ ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan me’yor (REM) — 300 mkg/m³ dan ancha past;
PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 48 mkg/m³ ni tashkil etdi, bu ham belgilangan REM — 60 mkg/m³dan oshmagan.
Ma’lumot uchun, ifloslantiruvchi moddalar miqdori SanQvaN 0053-23 da belgilangan sanitar me’yorlar bilan taqqoslanadi.
Monitoring natijalariga ko‘ra, joriy vaqtda poytaxt atmosferasida mayda zarrachalar bo‘yicha me’yordan ortiq ifloslanish holati qayd etilmagan.