Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimiyat yerini o‘ziniki deb sotgan firibgarga sud tegishli jazo tayinladi
Olim Ro‘ziyev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) bilan Shokir Hasanov ish yuzasidan tanishib, yaqin bo‘lib qolishadi. O‘zaro suhbatlarning birida Sh.Hasanov tanishiga uy qurish uchun yer kerakligini aytadi. Bu vaziyatdan O.Ro‘ziyev o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib qolishni maqsad qiladi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Oradan bir necha kun o‘tgach, Olim tanishiga qo‘ng‘iroq qilib Toshkent shahridagi “Ipakchilik” mahallasida yeri borligini, agar kelishishsa, sotib yuborishini aytadi. Aslida bu yer unga emas, balki tuman hokimligiga tegishli bo‘lib, zaxirada turgan joy edi.
Ikkovlon yerni borib ko‘rgach, o‘zaro savdolashishadi va 8 sotix yer 45 ming AQSh dollariga baholanadi. O.Ro‘ziyev tanishining ishonchiga kirish uchun yerning hujjatlari deb, Sh.Hasanovga umuman boshqa joyning hujjatlarini ko‘rsatadi. O.Ro‘ziyev kelishilgan pulning 20 ming AQSh dollarini shu yerning o‘zida oladi. Oradan ma'lum bir vaqt o‘tgach esa, yana 25 ming AQSh dollar pulni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi.
Tergov-surishtiruv jarayonida O.Ro‘ziyevning kirdikorlari oshkor bo‘ldi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi tomonidan firibgarning qilmishiga yarasha jazo tayinlandi.
Mavzuga oid
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
15:21 / 14.02.2026
“Pensiyangiz keyingi oydan oshiriladi” – bu yolg‘on!
23:14 / 13.02.2026