Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baidu kompaniyasi Xitoyda birinchi bo‘lib haydovchisiz taksi xizmatini yo‘lga qo‘ydi
Chunsin va Uhan shaharlarida beshtadan Baidu haydovchisiz taksilari xizmat ko‘rsatadi.
Foto: Reuters
Xitoydagi Baidu internet-kompaniyasi haydovchisiz avtomobillar yordamida taksi xizmati ko‘rsatish uchun ruxsat oldi, deb xabar berdi Reuters.
Xabarda aytilishicha, kompaniya Chunsin va Uhan shaharlari hokimiyatlaridan litsenziya olgan.
Har bir shaharda beshtadan Baidu haydovchisiz taksilari Uhanda 9:00dan 17:00gacha, Chunsinda 9:30dan 16:30gacha xizmat ko‘rsatadi.
Aprelda Baidu Pekin hokimiyatidan haydovchisiz avtomobillarda taksi xizmati ko‘rsatishga litsenziya olgandi. Ammo poytaxt hokimiyati kompaniyadan mashina salonida zarur hollarda avtomobilni boshqarishi mumkin bo‘lgan xodim ham bo‘lishini talab qilgandi.
Hozirda kompaniya Pekin, Shanhay va Shenchjen hokimiyatlari bilan butkul haydovchisiz taksilar xizmati uchun ruxsat olish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
Mavzuga oid
15:17 / 11.12.2025
Baidu robotaksisi Xitoyda ikki piyodani urib yubordi. Xizmat faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
18:33 / 09.05.2025
Xitoyda hayvonlar ovozini inson tiliga o‘giruvchi dastur bo‘yicha ish boshlandi
21:09 / 06.11.2020
Tokiodo 5G texnologiyaga ega haydovchisiz taksi sinovdan o‘tkazildi
19:09 / 02.09.2018