Texnologiya | 15:17 / 11.12.2025
2011
2 daqiqa o‘qiladi

Baidu robotaksisi Xitoyda ikki piyodani urib yubordi. Xizmat faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Xitoyning Chjunjou shahrida 6 dekabr kuni ertalab soat 09:00 atrofida Yanjiang ko‘chasida haydovchisiz boshqariladigan robotaksi ikki piyodani urib yubordi.

Foto: Tencent Holdings

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlarda jabrlanuvchilardan biri avtomobil ostida qolib ketgani, atrofdagilar esa uni chiqarib olishga harakat qilgani aks etgan.

Mahalliy hokimiyat rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, “Hello Autonomous Driving” yozuvi tushirilgan, “3009” raqamli robotaksi piyodalar o‘tish joyidan o‘tib ketgach, janub tomonga harakatlangan va shu payt hodisa yuz bergan.

Jabrlanuvchilar Xunan an’anaviy tibbiyot provinsiya shifoxonasiga zudlik bilan yetkazilgan. Ularning ikkalasi ham hozirda reanimatsiyada davolanmoqda.

Hello kompaniyasi mahalliy OAVga hodisa haqida xabar olganini tasdiqladi va “tegishli idoralar bilan to‘liq hamkorlik qilayotganini” bildirdi. Hozircha robotaksining avtopiloti qanday holatda bo‘lgani, voqeaga texnik nosozlik yoki boshqa omillar sabab bo‘lgani rasman aniqlashtirilmagan.

Hodisa yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari boshlangan. Chjuchzoudagi robotaksi xizmati faoliyati vaqtincha to‘liq to‘xtatilgan.

Mutaxassislar fikricha, Xitoyda avtonom transport vositalarining tez sur’atlarda kengayishi ushbu texnologiya xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha reglament va nazorat mexanizmlarini kuchaytirishni talab qiladi.

Mavzuga oid