Senator «pasport stol» faoliyatini tanqid qildi
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Farrux Dadaxo‘jayev ichki ishlar tizimi, xususan, «pasport stol»lar faoliyatini tanqid qildi.
«Odamlarning eng ko‘p muammosi ichki ishlar va sog‘liqni saqlash tizimida. Ichki ishlarda ham faqat «pasportnyy stol» va YPXga ishi ko‘p tushadi. Har ikkisida ham muammo yetarlicha topiladi», — deydi Farrux Dadaxo‘jayev Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida.
Senator «pasportnyy stol»da ham kriminal borligini ta'kidladi.
«Pasport berish tizimi kriminalga to‘la. Buni to‘liq yo‘qota olmasmiz, lekin imkon qadar kurashishimiz kerak. Besh million nafar fuqaromiz chet elda. Ular xorijga chiqish pasportini olish uchun qancha ovora bo‘ladi? Ovora bo‘lib kelib, hujjat to‘g‘rilagandan keyin ham o‘zining pasportini olish uchun pul berishi kerakmi?», — deydi u.
Shuningdek, qo‘mita raisi fuqarolarga pasport berish bo‘limlarida personalning asosiy qismini erkaklar tashkil etishini qoraladi.
«Barzangiday erkaklar qo‘lida bittagina kichkina pechatni ushlab o‘tirib olgan. Bu tizimda erkaklarning sonini kamaytirish, personalning asosiy qismini ayollar tashkil etishi lozim», — deya qo‘shimcha qildi Dadaxo‘jayev.
Mavzuga oid
14:02 / 21.08.2024
2023 yilda “prava”si olib qo‘yilgan shaxslar takror YTH sodir etishi oqibatida 212 kishi halok bo‘lgan
16:02 / 17.08.2024
O‘zbekiston bolalari taqdirida muhim qonun: bolani urish, tahqirlash, tilanchilikka jalb etish jazolanishga sabab bo‘ladi
15:45 / 17.08.2024
Senat bolani noqonuniy diniy ta’limga jalb qilganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi
17:17 / 16.08.2024