Qonun bilan «Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida»gi qonunga va Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravişda diniy ta’lim olişga jalb qilişga yöl qöymaslik, şuningdek uşbu qonunçilik talabiga rioya etmaganligi uçun javobgarlikni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Şuningdek, senatga köra, qonunda ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslarning öz bolalarini şaxsiy e’tiqodlariga muvofiq diniy va axloqiy jihatdan tarbiyalaş huquqi aniq bayon qilinmoqda. «Mazkur norma Fuqarolik va siyosiy huquqlar töğrisidagi xalqaro paktning 18-moddasida belgilangan qoidalar asosida kiritilyapti», deyiladi senat axborotida.
Ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravişda diniy ta’lim oliş jarayoniga jalb qilganlik uçun ma’muriy javobgarlik belgilaş taklif etilmoqda. Tegişli qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan körib çiqilgan va qabul qilingan.
Uşbu qonun loyihasi şu yilning 25 iyun sanasida Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilingan edi, hujjat keyinroq jamoatçilik muhokamasiga çiqarilgan.
Qonun prezident tomonidan imzolangaç, hujjatning özi belgilangan muddatda kuçga kiradi.










