Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burxonov, IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati boşliği Şerzod Ibragimov va soha mas’ullari iştirokida tizimda amalga oşirilayotgan işlar, yutuqlar va yöl qöyilgan kamçiliklar muhokama qilindi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqotda ma’lum qilinişiça, joriy yilning 6 oyi davomida respublikadagi umumiy YTHlar ötgan yilning şu davriga nisbatan 7,6 foizga, ölim bilan boğliq hodisalar 1,1 foizga, tan jarohati bilan boğliq holatlar 9,2 foizga kamaygan. Biroq YTHlar va ular oqibatida halok bölayotganlar soni hanuzgaça yuqoriligiça qolmoqda.

Qutbiddin Burxonovga köra, 2024 yilning birinçi yarmida mamlakat böyiça qonuniy ravişda öqib, haydovçilik guvohnomasiga ega bölgan şaxslar tomonidan 10 mln 200 mingdan ortiq qoidabuzarlik sodir etilgan. 2023 yilda maşina boşqariş huquqidan mahrum etilgan şaxslar ruxsatnomasi bölmay turib rulga ötirişi ortidan 707 ta YTH sodir etilgan, oqibatda 212 kişi vafot etib, 546 kişi tan jarohatlari olgan.

Muhokama jarayonida piyodalar iştirokida sodir etilayotgan YTHlarga ham e’tibor qaratilgan. Qayd etilişiça, joriy yilning 6 oyidagi YTHlarning 58,5 foizi piyodalar iştirokida sodir etilgan. Senator bunga sabab sifatida YTHlar tahlil qilinmayotgani, aholi gavjum joylarda, ayniqsa bozorlarda piyodalar ötiş joyida svetoforlar qöyilmayotgani, hokimliklar, mahalliy kengaşlar tomonidan zarur çoralar körilmayotganini aytib ötgan.

Tahlillarga köra, piyodalar iştirokidagi hodisalarning 20 foizi piyodalar ötiş joylari taşkil etilmagani, 19 foizi piyodalar ötiş joyi mavjud bölsa-da, piyodalar tomonidan yölning belgilanmagan joyidan kesib ötilgani oqibatida sodir bölgan. Şuningdek, piyodalar iştirokidagi hodisalarning 13 foizi haydovçilarning tartibga solingan piyodalar ötiş joyida svetoforning taqiqlovçi işorasiga qaramay harakatlanişi, 16 foizi tartibga solinmagan piyodalar ötiş joyida haydovçilarning piyodalarga yöl bermasligi oqibatida kelib çiqqan.

Ta’kidlanişiça, muammoli holatlarning oldini oliş maqsadida Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi hamda IIV JXD YHXX hamkorligida takliflar işlab çiqilgan. Unda quyidagilar nazarda tutilgan: