O‘zbekiston | 10:37 / 23.09.2021
17786
2 daqiqa o‘qiladi
Rossiya O‘zbekistonga parvozlar sonini oshirmoqda
Rossiya 5 oktyabrdan boshlab O‘zbekiston shaharlariga muntazam qatnovlar sonini ikki taraflama asosda ko‘paytiradi. Bu haqda mamlakatning koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabi ma'lumotida aytilgan.
Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha reyslar yo‘lga qo‘yiladi:
- «Moskva - Toshkent» - haftasiga 4 tagacha reys;
- «Moskva - Buxoro» - haftasiga 2 ta reys;
- «Moskva - Urganch» - haftasiga 1 ta reys;
- «Moskva - Samarqand» - haftasiga 2 ta reys;
- «Moskva - Namangan» - haftasiga 1 ta reys;
- «Moskva - Farg‘ona» - haftasiga 1 ta reys;
- «Moskva - Andijon» - haftasiga 1 ta reys;
- «Moskva - Termiz» - haftasiga 1 ta reys.
Bu faqat Rossiya aviakompaniyalarining reyslari, O‘zbekiston tomoni ham shuncha parvozlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega.
Bundan tashqari, operativ shtab xalqaro parvozlar tiklangan Rossiya aeroportlaridan har bir yo‘nalish bo‘yicha haftasiga 1 marta O‘zbekistonning yuqoridagi shaharlariga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berdi.
Mavzuga oid
08:20
Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam berildi
22:00 / 18.09.2024
Finlandiya va Estoniya Boltiq dengizida Rossiya flotini bloklash rejasini tayyorlamoqda
13:00 / 18.09.2024
Rossiya elchisi: AQSh bilan qurol nazorati bo‘yicha muloqot imkonsiz
12:20 / 18.09.2024