Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilish vaqti keldi - prezident
Foto: Prezident matbuot xizmati
Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda yana bir masala – davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilish vaqti-soati kelgani ta’kidlandi. Bu borada jamoatchilik fikri juda muhimligi qayd etildi.
Mutasaddilarga tez fursatda ushbu qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yib, 1 aprelgacha kiritish topshirildi.
Noqonuniy boylik orttirish uchun javobgarlik masalasini ham o‘ylab ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
Qonunchilikka noqonuniy boylik orttirish haqida modda kiritish taklif qilindi. Ya’ni, davlat xizmatchisi deklaratsiya qilgan daromadiga mos kelmaydigan mol-mulkini qayerdan olganini isbotlashi kerak bo‘ladi.
Prezident Milliy kengashni, parlamentning korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitalarini bu borada xalqaro andozalarga mos takliflarni ishlab chiqishga chaqirdi.
«Korrupsiyaning oldini olish – davlat xizmatiga professional va fidoyi kadrlarni tanlash hamda ularni «halollik vaksinasi» bilan emlashdan boshlanadi», – dedi prezident.
Kadrlarni o‘qitish, tarbiyalash va joy-joyiga qo‘yishda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Davlat boshqaruvi akademiyasining yetakchi sifatidagi roli sezilmayotgani qayd etildi.
Kadrlarni baholashda eski namunadagi «obektivka»dan voz kechib, ilg‘or IT texnologiyalar asosida xodimning malakasi va salohiyati, erishgan natijalarini baholaydigan tizimga o‘tilishi belgilandi.
Lavozimga qo‘yishda xodimning qaysi oliygohni bitirgani yoki qayerda ishlagani emas, qanday bilim-tajribaga egaligi va ko‘rsatgan natijalari asosiy mezon bo‘ladi. Bu borada nomzodning kamchiliklari bilan birga yaxshi taraflarini ham xolisona aytish kerak.
Bundan buyon mahallada odamlar bilan ishlagan, ularning muammosini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, hal qilgan yoshlar orasidan rahbar kadrlar tanlab olinishi kerakligi ta’kidlandi.
Ishga qabul qilishni ochiq va shaffof o‘tkazish, davlat xizmatchilari reyestrini belgilash, kadrlarni korrupsiyaga moyilligini o‘rganish bo‘yicha farmon loyihasini kiritish topshirildi.
Hozirda qonunchilikda korrupsiyaviy jinoyatlarning aniq ro‘yxati yo‘qligiga e’tibor qaratildi.
Parlament tasdiqlagan qonunda asosan jazoni kuchaytirishni o‘zi bilan cheklanib qolingani, korrupsiyaning oldini olish, odamlarimizni bunga toqatsizlik ruhida tarbiyalash, profilaktika mexanizmlarini yaratish, jinoyatni fosh etishga yordam berganlarni rag‘batlantirish kabi masalalar aks etmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Shuning uchun prezident bu qonunni qayta ishlash uchun qaytarishini aytdi.
Shu bilan birga jinoiy daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlikni ham xalqaro standartlarga moslashtirish lozimligi qayd etildi.
Misol uchun, Shveytsariya, Avstriya, Germaniya, Rossiya, Ozarboyjon qonunchiligida davlat xaridlari va yirik biznes loyihalar parametrlarini oldindan sizdirib (insayderlik), daromad olganlik ham jinoiy daromadlarni legallashtirish, deb baholanadi.
Mavzuga oid
18:14 / 30.11.2025
Netanyahu Isroil prezidentidan korrupsiya ishi bo‘yicha afv so‘radi
20:41 / 28.11.2025
Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak korrupsiya mojarosi ortidan iste’foga chiqdi
22:12 / 27.11.2025
Rossiyada korrupsionerlarning qarindoshlaridan yagona uyini musodara qilishga ruxsat berildi
20:27 / 26.11.2025