Mart oyidagi Eron hujumlaridan söng Fujayrada yonayotgan neft obektlari / Foto: Associated Press

Birlaşgan Arab Amirliklari rasmiylari oxirgi haftalarda arab qöşnilaridan noroziligini oçiqçasiga bildirib, ularning Eronga nisbatan zaif pozitsiyasidan şikoyat qilib kelayotgandi. Tahlilçilar esa rasmiy Abu-Dabi uşbu noroziligini sammitda qanday namoyiş etarkan, deb kutdi.

Şunday vaziyatda – 28 aprel kuni BAA neft işlab çiqaruvçi davlatlar karteli — OPEC’dan çiqişini e’lon qildi. 1 maydan e’tiboran BAA global energiya narxlariga ta’sir ötkazuvçi uşbu taşkilotning a’zosi emas. Amirliklarning bu qarori – Saudiya Arabistoni Fors körfazi arab davlatlari rahbarlarining sammitiga mezbonlik qilayotgan vaqtga töğri keldi. Xususan, Saudiya valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon yiğilişni boşlaşi bilan, uning qöşnisi «bomba» xabarni tarqatdi.

Biroq OPEC’ning de-fakto yetakçisi Saudiya Arabistoni ekani mintaqada heç kimga sir emasdi. Amirlik rasmiylari bu qarorni neft qazib oliş hajmini bir tomonlama oşiriş va bozorning uzoq muddatli ehtiyojlarini qondiriş istagi bilan izohladi.

Uşbu e’lonning vaqti qasddan tanlanganmi yoki tasodifmi, har qanday holatda ham u Yaqin Şarqdagi sönggi tektonik özgarişlarning kuçli ramzi böldi, deb yozmoqda New York Times. Bu jarayonlar uruş davrida yana ham tezlaşgan. OPEC’dan uzoqlaşiş orqali Amirliklar hukumati öz manfaatlari yölida keskin qadamlar taşlaşga tayyorligini, an’anaviy ittifoqlar va qoliplar bilan çeklanib qolmasligini namoyiş etdi.

«Bu Amirliklarning mustaqillik deklaratsiyasidir. Ular endi öz manfaatlariga mos kelmaydigan institutlar oldida özlarini qarzdor deb hisoblamaydi», deydi Vaşingtondagi Arab körfazi davlatlari instituti katta ilmiy xodimi Kristin Divan.

«Jilovlanmagan BAA»ning paydo bölişi butun dunyodagi bozorlar, iqtisodiyotlar va mojarolar uçun jiddiy oqibatlarga ega. 2 trillion dollardan ortiq suveren boylikka ega bölgan uşbu kiçik mamlakat öz çegaralaridan taşqarida ham katta ta’sir doirasini şakllantirgan.