O‘zbekiston | 18:15 / 21.06.2024
3762
1 daqiqa o‘qiladi

4 yilda 66 ming kadr ochiq tanlov orqali davlat xizmatiga qabul qilindi

Tanlovlarda jami 2,8 mln kishi ishtirok etib, bir o‘ringa 50 nafargacha nomzod to‘g‘ri kelgan. 

Foto: Getty Images

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlariga yagona ochiq portal — vacancy.argos.uz orqali 4 yil davomida ishga qabul qilinganlar bo‘yicha raqamlarni e’lon qildi.

O‘tgan 4 yil (2020-2023 y.y.)da jami davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlariga 180 mingta tanlov o‘tkazilgan. Ularda 2,8 mln ishtirokchi ishtirok etib, bitta o‘ringa 50 nafargacha nomzod to‘g‘ri kelgan. Ushbu davr ichida vacancy.argos.uz orqali davlat fuqarolik xizmatiga 66 ming nafar malakali kadrlar qabul qilingan.

Portalda davlat organlari, tashkilotlari va mahalliy hokimliklardagi vakant lavozimlarga munosib kadrlarni tanlab olish maqsadida ochiq tanlovlar e’lon qilib boriladi.

Portalning Telegram'dagi rasmiy kanalida vakant lavozimlar haqida har kuni xabar berib boriladi. Bo‘sh ish o‘rinlariga elektron shaklda hujjat topshirish mumkin.

Mavzuga oid