Tadbirkorlarni E-aktiv'ga majburan jalb qilish yana kechiktirildi
Tadbirkorlarning tovar-moddiy aktivlari, xususan omborlardagi mahsulotlar kirim-chiqimi va qoldig‘ini soliq organlariga ochiqlashni nazarda tutuvchi E-aktiv tizimiga ma’lumot kiritib borish yil oxirigacha ixtiyoriy bo‘lib qoladi. Avvalroq joriy qilingan bu tartibni majburiy qo‘llash, tadbirkorlar va buxgalterlar e’tirozidan keyin, 2023 yil 1 martgacha kechiktirilgandi.
E-aktiv axborot tizimida soliq hisobi bilan bog‘liq operatsiyalarni aks ettirish 2024 yilgacha ixtiyoriy bo‘lib qoladi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Avvalroq bu tartib 2023 yil 1 martdan e’tiboran majburiy bo‘lishi belgilangan edi.
Ma’lum qilinishicha, qo‘mitada va qo‘mita huzuridagi Jamoatchilik kengashida o‘tkazilgan muhokamada berilgan taklif va yechimlarni inobatga olib, E-Aktiv axborot tizimida soliq hisobi bilan bog‘liq operatsiyalarni ixtiyoriy aks ettirish tartibining amal qilish muddatini 2024 yil 1 yanvargacha uzaytirish to‘g‘risida hukumatga taklif kiritilgan.
“Yaqin kunlarda tadbirkorlik sub’yektlariga soliq majburiyatlarini bajarishda qo‘shimcha qulaylik va yengilliklar berishga qaratilgan normativ hujjat qabul qilinishi kutilmoqda”, – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil iyun oyida qabul qilingan prezident qaroriga asosan, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda o‘z ustav fondini shakllantirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni soliq organlarining Ye-aktiv axborot tizimida aks ettirish 2023 yil 1 martga qadar ixtiyoriy deb belgilangan edi.
Avvaliga, E-Aktiv'ga oid talab 2022 yil 1 yanvardan kuchga kirishi ko‘zda tutilgan, lekin tadbirkorlar va buxgalterlarning e’tirozlaridan keyin, bu chora kechiktirilgandi.
Mavzuga oid
12:23 / 05.09.2023
Davlatga tegishli suv havzalari tadbirkorlarga E-auksion orqali ijaraga beriladi
18:55 / 04.09.2023
QQB Biznesni rivojlantirish bankiga aylantirildi
18:36 / 04.09.2023
“Tax gap” va QQS guvohnomasini to‘xtatib qo‘yish amaliyotlari bekor qilindi
16:09 / 27.08.2023