2025 yil 1 noyabrdan boşlab barça tadbirkorlik sub’yektlari qişloq xöjaligi mahsulotlarini jismoniy şaxslardan naqd pulga xarid qilganda, uşbu tovarlar uçun kirim hujjatlarini elektron şaklda rasmiylaştirişi mumkin böladi.
Bungaça uşbu tartib umumiy ovqatlaniş korxonalari va qişloq xöjaligi mahsulotlari eksportyorlari uçun amal qilib kelayotgan edi.
Bu tartibning barça tadbirkorlarga nisbatan tatbiq etilişi – Özbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan uçraşuvidan keyin imzolagan farmonida közda tutilgan.
Bundan taşqari, 2 oy içida quyidagilarni öz içiga oluvçi qonun loyihasi işlab çiqiladi:
- soliq hisobotini öz vaqtida taqdim etmaganlik uçun ma’muriy jarima miqdori kiçik tadbirkorlik sub’yektlarining mansabdor şaxslari uçun BHMning 10 baravaridan 3 baravariga, fuqarolar uçun BHMning 3 baravaridan 1 baravariga tuşiriladi;
- hisobot davrida bir neçta soliq turlari böyiça soliq hisobotlari taqdim etilmagan holatda, barça taqdim etilmagan hisobotlar böyiça umumiy bitta jarima qöllanadi;
- oxirgi 3 oyda soliq hisobotlarini öz vaqtida taqdim etib kelgan tadbirkorlik sub’yektlariga soliq hisobotini öz vaqtida taqdim etmaganlik uçun ma’muriy jarima 5 kungaça qöllanmaydi.
2026 yil 1 yanvardan boşlab sayyor soliq tekşiruvini ötkazişda mobil videokameradan foydalaniş majburiy böladi. Mobil videokameradan foydalanmasdan ötkazilgan sayyor soliq tekşiruvlari noqonuniy hisoblanadi.

















