O‘zbekiston | 13:11 / 25.04.2024
5087
2 daqiqa o‘qiladi

Avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlariga xususiy sektor jalb etiladi

1 maydan boshlab tajriba-sinov tariqasida umumiy foydalanishdagi avtoyo‘llarni ekspluatatsiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektorni jalb qilish loyihalari bo‘yicha e’lonlar davlat xaridlari maxsus axborot portaliga joylashtiriladi.

Foto: Transport vazirligi

«Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlarini autsorsing asosida xususiy sektor tomonidan amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan «Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlarini autsorsing asosida xususiy sektor tomonidan amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2024 yil 1 maydan boshlab tajriba-sinov tariqasida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektorni jalb qilish loyihalari bo‘yicha e’lonlarni davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga joylashtiradi.

O‘zbekiston prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi PQ-330-son qaroriga muvofiq joriy yilda respublika bo‘yicha jami uzunligi 260 km bo‘lgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘lini ekspluatatsiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektorni jalb qilish loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid