O‘zbekiston | 23:44 / 23.01.2017
4503
2 daqiqa o‘qiladi

Eron vakili: "Harakatlar strategiyasi xorijiy mamlakatlar bilan xalqaro munosabatlarda standartlarning yaxshilanishiga xizmat qiladi"

23 yanvar, dushanba kuni Toshkent shahrida davlat organlari vakillari, jurnalistlar va jamoatchilik tashkilotlari ishtirokida "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi" loyihasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator elchixonalar vakillari ham qatnashishdi.

Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakili Husayn Ali Salimian ham ushbu tadbirga tashrif buyurib, bu boradagi fikri bilan o‘rtoqlashdi. 

"Men bu yerda ekanligimdan xursandman, zero ko‘rsatilgan tashabbus keyingi 5 kun ichida Prezident tomonidan belgilangan strategik rivojlanishning 5 asosiy yo‘nalishi muhokamasini ko‘zda tutadi. Kun tartibiga kiritilgan dastur, mening kuzatuvlarim bo‘yicha, to‘g‘ri ishlamoqda. Har bir ishtirokchi ochiq muloqot uchun mo‘ljallangan mavzularni muhokama qilish huquqiga ega. Men turli davlat tuzilmalari tomonidan bildirilayotgan mulohazalarni shaxsan kuzatmoqdaman. Masalan, iqtisodiy sektor, tashqi siyosat va hattoki huquqshunoslik  nuqtai nazaridan shunday xulosaga kelmoqdamanki, bu strategiyalar jamiyatda, shuningdek xorijiy mamlakatlar bilan xalqaro munosabatlarda standartlarning yaxshilanishiga xizmat qilmoqda. Xususan, vazirning birinchi o‘rinbosari Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kabi qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatlar ustuvor yo‘nalish ekanligini ta'kidladi. Shunday ekan, men o‘zim shaxsan buning juda yaxshi tashabbus ekanligiga ishonch hosil qildim.Umid qilamizki, ushbu tashabbus O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga hamda uning boshqa mamlakatlar bilan munosabatlariga  ijobiy ta'sir qiladi".

Mavzuga oid