Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erondagi namoyishchilar ikki shaharni nazoratiga olgani aytilmoqda
Politsiyachilar ular tomonga o‘tgan. Propagandachilar esa bu shaharlardagi namoyishlar tarqatib yuborilganini xabar qilmoqda. Ikkinchi haftada davom etayotgan namoyishlar haqida nimalar ma’lum?
Hamadondagi namoyish ishtirokchisi. Foto: Mobina / MEI / SIPA / Scanpix / LETA
Eronda 28 dekabrdan buyon ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Avvaliga milliy valuta qadrsizlanishi va ulkan inflatsiya tufayli Tehron markazidagi Katta bozorda sotuvchilar ish tashlash uyushtirishgandi. Ko‘p o‘tmay namoyishlar to‘lqini butun mamlakatga yoyildi. 10 kun o‘tib esa Eron g‘arbidagi ikki shahar namoyishchilar nazoratiga o‘tgan. Davlat axborot agentliklari xabarlarida bu shaharlar namoyishchilar tomonidan egallab olingani tan olinmayapti va politsiyachilar namoyishchilarni tarqatib yuborgani aytilmoqda. Eron oliy rahbari Ali Xominaiy iqtisodiy muammolar borligini tan olgan, ammo buni «dushmanlar ishi» bilan bog‘lagan. U shuningdek, «buzg‘unchilar bilan muzokara qilish befoydaligi» va ularga «joyini ko‘rsatib qo‘yish lozimligi»ni aytgan.
Eronda namoyishlar boshlanganining 10-kuniga kelib ikki shahar – Abdanan va Malikshoh namoyishchilar nazoratiga o‘tdi, deb xabar berdi 7 yanvar kuni Fox News telekanali Eron Milliy qarshilik kengashiga tayanib. «Bugun Eron g‘arbidagi ikki shaharda jiddiy voqealar sodir bo‘ldi: ular amalda egallab olindi va odamlar buni ko‘chalarda nishonlamoqda. Ular „Xominaiyga o‘lim!“ deya hayqirishmoqda», – degan telekanalga Eron muxolifatining xorijdagi vakili Ali Safaviy. Eron Milliy qarshilik kengashi prezidenti Maryam Rajavi ham X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida ko‘chalarga chiqib, «jazo otryadlarini chekinishga majbur qilgan» odamlarni olqishlagan.
Abdanan mamlakat g‘arbidagi Ilam viloyatidagi shahar bo‘lib, Iroq bilan chegaradosh hisoblanadi, Malikshoh esa undan taxminan 100 kilometr ichkarida joylashgan.
Eron Milliy qarshilik kengashi o‘z hisobotlarida Abdananda bo‘lib o‘tgan voqealarni tasvirlagan. Unga ko‘ra, Islom inqilobi muhofizlari korpusi jangchilari namoyishchilarga hujum qilishga uringan, bunga javoban namoyishchilar korpusga tegishli bo‘lgan «Ofog Kurosh» (Ofogh Kourosh) do‘konlar tarmog‘ini yoqib yuborgan.
🚨گزارشها از پیوستن نیروهای انتظامی به مردم معترض در آبدانان ایلام/بر اساس روایتهای میدانی منتشرشده، در جریان اعتراضات آبدانان ایلام نشانههایی از همراهی برخی نیروهای انتظامی با مردم معترض دیده شده است. pic.twitter.com/MKu3ia1kS5
— LiveIranNews (@IranNewsAgency0) January 6, 2026
Malikshohda to‘qnashuvlar oldingi kunlarda o‘ldirilgan Faris Og‘a Muhammadiyning dafn marosimi vaqtida yuzaga kelgan. Mahalliy resurslarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Abdanan namoyishchilar nazoratiga o‘tgach, ularga politsiyachilar ham qo‘shilib ketgan.
🚨 Iran | Major Unrest Update
— News & Features Network | World & Local News (@newsnetmzn) January 7, 2026
Iran में anti-regime protess तेज़ होते दिख रहे हैं।
Ilam Province के Malekshahi और Abdanan को लेकर local repors का दावा है कि ये इलाके फिलहाल protesters के नियंत्रण में हैं।
रिपोर्ट्स के मुताबिक, प्रदर्शनों में regime-विरोधी नारे लगे और IRGC व… pic.twitter.com/B2oUCymQdG
Eron muxolifatining quvg‘indagi yetakchisi, AQShda yashovchi Rizo Pahlaviy namoyishlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Pahlaviy The Washington Post gazetasida 6 yanvar kuni e’lon qilingan maqolasida Eron «jiddiy o‘zgarish arafasida turgani» haqida yozgan. U 2026 yil boshiga kelib islom respublikasi «1979 yildan beri har qachongidan ham zaifroq va tarqoqroq» holatda ekanini qayd etgan. Pahlaviy namoyishchilar ozodlikka chaqiruvlar bilan bir qatorda o‘zining nomini ham aytib hayqirayotganini, shu munosabat bilan, u «istibdoddan xalqning o‘zi tanlaydigan demokratik kelajakka o‘tish»ga rahbarlik qilishga tayyorligini ta’kidlagan. Pahlaviy Eronning demokratik kuchlarini uchta asosiy tamoyil atrofida birlashtirishni taklif qiladi: mamlakatning hududiy yaxlitligi, individual erkinliklar va barcha fuqarolarning tengligini himoya qilish, din davlatdan ajratilishi. «Ushbu uch tamoyil kelajakdagi demokratik boshqaruv shaklini aniqlash uchun milliy yarashuv jarayoni va referendum bilan mustahkamlanishi kerak», – deyiladi Pahlaviy kolonkasida.
Abdul Saboor / Reuters / Scanpix / LETA
Erondagi davlat axborot agentliklari namoyishchilar Abdanan va Malikshohni egallab olganini rad etmoqda. Irna agentligi Abdananda politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagani haqida yozgan, Tasnim agentligi esa shundan so‘ng namoyishchilar «qochib ketishgani» va shahar ko‘chalarida tez orada «tinchlik va xavfsizlik» tiklanganini qo‘shimcha qilgan.
Eron hukumati namoyishchilar ikki shaharni egallab olgani haqidagi xabarlar yuzasidan alohida to‘xtalmagan. Biroq Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bir necha kun avval AQSh eronlik namoyishchilarga «yordamga kelish»ga tayyorligi haqida yozgan Donald Trampning so‘zlariga javob qaytargan va «Eronning ichki ishlari uning xalqidan boshqa hech kimga tegishli emasligi»ni aytgandi. «Hukumat va xalq o‘zaro muloqot jarayonida», – deya qo‘shimcha qilgandi u.
Eron oliy yetakchisi Ali Xominaiy namoyishlar yuzasidan faqat bir marta – 3 yanvar kuni, ko‘cha namoyishlarining yettinchi kunida munosabat bildirgandi. U mamlakatda iqtisodiy muammolar borligini tan olgan (dastlab namoyishlar shu sababli boshlangandi), biroq milliy valuta kursining beqarorligini «dushmanning ishi» deb atagandi. «Norozilikka asos bor, ammo norozilik tartibsizlik degani emas. Biz namoyishchilar bilan gaplashyapmiz, rasmiylar ular bilan muloqot qilishi kerak. Lekin buzg‘unchilar bilan gaplashish befoyda. Ularning joyini ko‘rsatib qo‘yish kerak», – deb yozgan Xominaiy.

28 dekabrdan buyon namoyishlar Eronning 31 viloyatidan kamida 17 tasini qamrab oldi, deb hisoblaydi internetda tarqalgan videoyozuvlarni o‘rganib chiqqan BBC Verify jurnalistlari. Ular o‘tkazilgan aksiyalar ko‘lami «ancha kattaroq bo‘lishi mumkinligi»ni istisno etmaydi. Tehrondagi vaziyat keskinligicha qolmoqda – u yerda hamon Katta bozordagi savdogarlar namoyish qilmoqda, ularga o‘z aksiyalarini «Diktatorga o‘lim» va «Namoyish o‘tkazish – olib bo‘lmas huquqimiz» kabi shiorlar ostida o‘tkazayotgan talabalar ham qo‘shilgan. Eron Milliy qarshilik kengashi shaharning ayrim tumanlarida aksiyalar hukmron rejim kuchlari bilan to‘qnashuvlarga aylanganini qayd etgan.
Human Righs Activiss News Agency (HRANA) huquq tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, namoyishlarning 10 kuni mobaynida butun mamlakat bo‘ylab (huquq himoyachilari mamlakatning 27 viloyatida va 22 universitetda namoyishlarni qayd etgan) kamida 36 kishi halok bo‘lgan – 34 nafar namoyishchi hamda rejim vakillaridan ikki nafari. Yana ikki mingdan ortiq namoyishchi hibsga olingan.
Mavzuga oid
09:03
Eronda 12 kunlik namoyishlar: kamida 45 kishi halok bo‘ldi, internet deyarli o‘chirildi
22:55 / 08.01.2026
Eronda ommaviy noroziliklar fonida internet ishlamay qoldi
15:11 / 08.01.2026
Eron neftining chorak qismi: Abadan yo‘qotilsa, nima bo‘ladi?
09:45 / 08.01.2026