Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Istalgan joyda va istalgan vaqtda». Nurmagomedov Makgregorga taklif bilan chiqdi
Foto: espn.com
Aralash yo‘nalish bo‘yicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov UFC 223 musobaqasi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumani davomida irlandiyalik Konor Makgregorning provokatsiyalariga javob qaytardi hamda unga istalgan vaqtda va istalgan joyda munosabatlarni aniqlashtirib olishni taklif qildi.
«Umid qilamanki, Konor o‘z muammolarini hal qiladi. Biz u bilan erkakchasiga hal qilamiz va bu qafasda yoki undan tashqarida bo‘ladimi, baribir yuz beradi. Agarda u uchrashishni xohlasa, joyni aytsin, men kelaman», - deya Nurmagomedovning so‘zlarini keltiradi TASS.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq aralash yo‘nalish bo‘yicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov UFC 223 musobaqasidagi jangi arafasida bir hafta davomida ro‘y bergan voqealar yuzasidan o‘z fikrini bildirgandi. Sportchining so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan hafta «telbalarcha» kechgan.
Mavzuga oid
19:46 / 07.10.2025
Tramp Oq uy hududida UFC jangi o‘tkazilishini e’lon qildi
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
00:41 / 23.11.2024