UFC sobiq çempioni, rossiyalik Habib Nurmagomedov styuardessa bilan tortişib qolgani uçun AQŞda samolyotdan tuşirib yuborildi. Bu haqda Essentially Spors xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Nurmagomedov samolyotning favqulodda çiqiş eşigi yonida ötirgani körinadi. Styuardessa undan favqulodda vaziyat yuzaga kelganda boşqa yölovçilarga yordam bera oladimi, deb ingliz tilida söragan.

Nurmagomedov savolni darrov tuşunmadi va undan boşqa örindiqqa ötirişni söraşdi. Ammo u rad javobini berdi. Keyin styuardessa unga supervayzerga qönğiroq qilişini va samolyotdan tuşirilişini aytdi.

Nurmagomedov styuardessaning talablarini adolatsiz deb atadi, çunki röyxatdan ötiş vaqtida undan ingliz tilini bilişi haqida söraşgan edi.

Yakunda Nurmagomedov örnidan turib, supervayzerga ergaşişga majbur böldi, uning hamrohlari ham örnidan turib, javondan bagajlarini olib ketişdi.

18 yanvar kuni Los-Anjyelesda 2025 yilgi UFC markaziy turnirlaridan biri bölib ötişi rejalaştirilgan. Unda Nurmagomedov jamoasi jangçilari ham çiqiş qilişi lozim.