«Irlandiya, tanlov sening qölingda, va bu juda oddiy. Meni prezidenting deb tanla va biz birgalikda Irlandiyani qutqaramiz», — deb yozdi Makgregor.

U yana bir postida Yevropa Ittifoqining 2024 yil may oyida tasdiqlangan migratsiya paktiga keskin tanqid bilan çiqdi. Uşbu hujjatga köra, mamlakatlar har yili belgilangan sonidagi migrantlarni qabul qilişi yoki ularni qabul qilgan qöşni davlatlarga mablağ tölaşi lozim. Irlandiya uşbu majburiyatni 2026 yil 12 iyungaça bajarişi kerak. Makgregor esa bu masalani referendumga qöyiş kerak, deb hisoblaydi.

«Mendan boşqa kim hukumatga qarşi çiqadi? Ular taqdim etgan har qanday nomzod heç qaçon ularga qarşi çiqa olmaydi. Lekin men qila olaman! Agar men prezident bölsam, bu qonun loyihasini referendumga qöygan bölardim. Men bu paktga keskin qarşi, lekin bu qaror mendan ham, hukumatdan ham mustaqil», — deb yozgan u.

Şu haftaning boşida Makgregor AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyda uçraşdi. Brifing çoğida u Irlandiya hukumatini tanqid qilib, «hukumat xalqning ovozini sotdi va migrantlarga hududlardagi şaharlarini egallaşga yöl qöyib berdi», dedi.

Irlandiya boş vaziri Mixol Martin esa Makgregorning bayonotiga javoban «irland xalqi qaraşlarini aks ettirmaydi», deya javob qaytardi.

Makgregor ilk bor 2024 yil sentabrda prezidentlikka nomzod böliş niyati borligini bildirgan edi. Irlandiyada prezidentlik saylovlari 2025 yil noyabrda bölib ötadi. Hozirgi prezident — 83 yoşli Maykl Higgins.

Şu bilan birga, 2023 yil noyabrida sud Konor Makgregorni Dublin şahrida Nikita Hend ismli ayolni zörlaganida aybdor, deb topgan va unga jabrlanuvçiga 248 ming yevrodan ortiq tovon tölaş töğrisida hukm çiqargan edi. Keyinçalik sud sportçini 1,5 mln yevro miqdorida qöşimça kompensatsiya tölaşga ham majbur qilgan — bu summa sud xarajatlarini ham öz içiga oladi.