Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning 7 hududida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
27−30 iyul kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar sababli O‘zbekistonning 7 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.
Foto: Kun.uz
27−30 iyul kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi mavjud. «O‘zgidromet» xizmati agentligi direktori Sherzod Habibullayev o‘z rasmiy sahifasida shu haqda ogohlantirdi.
Jumladan:
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlari va Shohimardon hududida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.
Mavzuga oid
14:44 / 30.03.2026
O‘zbekistonning 9 hududiga sel kelishi kutilmoqda
11:26 / 23.03.2026
Urgutda kuchli yomg‘ir oqibatida sel hodisasi kuzatildi
11:15 / 06.03.2026
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel xavfi e’lon qilindi
11:36 / 03.03.2026