Ma’lum qilinişiça, sel xavfi Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi va Ğuzor tumanlarida kuzatilişi mumkin.

Şuningdek, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon va Muzrabot tumanlarida ham sel-suv toşqinlari ehtimoli bor.

Samarqand viloyatida Urgut, Samarqand, Bulunğur, Nurobod, Qöşrabot, Kattaqörğon, Payariq, Jomboy va Iştixon tumanlarida, Navoiy viloyatida esa Xatirçi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlarida şunday xavf mavjud.

Bundan taşqari, Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, Ğallaorol, Şarof Raşidov, Foriş va Yangiobod tumanlarida ham sel kelişi mumkin.

Toşkent viloyatida Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örta Çirçiq va Yuqori Çirçiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq şaharlarida, Namangan viloyatida Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan va Yangiqörğon tumanlarida ham sel xavfi qayd etilgan.

Farğona viloyatida Söx, Şohimardon, Farğona va Beşariq tumanlarida, Andijon viloyatida esa Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod va Marhamat tumanlari hamda Xonabod şahrida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

Mutaxassislar toğoldi va toğli hududlarda yaşovçi fuqarolar, dam oluvçilar hamda uşbu hududlarda harakatlanuvçi haydovçilarni ehtiyotkorlik çoralarini körişga çaqirmoqda.

Şuningdek, respublikaning ayrim hududlarida kuçli yomğirlar natijasida yomğir suvlari töplanişi va ayrim joylarni suv bosişi ehtimoli borligi ham ta’kidlangan.