Jahon | 19:33 / 18.12.2016
8491
2 daqiqa o‘qiladi

Singapur tankeri Suvaysh kanali tarixida rekord boj to‘ladi

Foto: © RIA

Singapurning Armada Kraken tankeri Suvaysh kanali orqali o‘tayotganda kanal tarixidagi rekord darajadagi 4,5 mln dollar boj to‘ladi. Bu haqda kanal ma'muriyati rahbari Muxab Mamish ma'lum qilgan. 

Mamishga iqtibos keltirgan Yom7 nashrining ta'kidlashicha, kema o‘z bortida o‘rnatilgan qurilmada neftni qayta ishlovchi dunyodagi eng katta 5 tankerdan biri hisoblanadi.

Ixtisoslashgan dengiz saytlarida tanker neftni qazib oluvchi, saqlovchi va ortib beruvchi suzib yuruvchi qurilma deya ta'riflanadi. Kemaning uzunligi 300 metrni, eni 50 metrni tashkil qiladi.

Ayni vaqtda dunyodagi barcha dengiz tashuvlarining 10 foizi Suvaysh kanali orqali amalga oshiriladi. Kanaldan kuniga o‘rtacha 49 ta kema o‘tadi. Kanalni ekspluatatsiya qilishdan olinadigan daromad Misr byudjyetining anchagina qismini tashkil qiladi. 2015 yilda kanaldan foydalanishdan tushgan daromad 5 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qilgan.  

Suvaysh kanali O‘rta yer dengizi va Qizil dengizni bog‘laydi. U Hind okeani va Atlantika okeani o‘rtasidagi eng qisqa yo‘l hisoblanadi va boshqa muqobil yo‘ldan 8 ming km kamroqni tashkil qiladi. Kanal suv transportiga Yevropadan Osiyoga va aksincha yo‘nalishda Afrikani aylanib o‘tmay yetib olishga imkon beradi.  
Kanal 1869 yil 17 noyabrda ochilgan. 160 km uzunlikka, 20 metr chuqurlikka ega, eni suv sirtida 350 metrni, ostida 40-60 metrni tashkil qiladi. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid