Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chmas mulk | 07:47 / 18.07.2025
11637
2 daqiqa o‘qiladi
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash boshlanadi
Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrug‘i bilan ko‘chmas mulkni ommaviy baholash uslubiyoti tasdiqlandi.
Ommaviy baholash Kadastr agentligi huzuridagi Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi tomonidan o‘tkaziladi.
Ommaviy baholashni o‘tkazish tartibi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- obektlar qiymatini aniqlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni, shu jumladan ko‘chmas mulk bozori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish;
- ommaviy baholanishi lozim bo‘lgan obektlarni guruhlash;
- narx va baholash bo‘yicha ko‘chmas mulk bozori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish asosida obektlarni segmentlash yo‘li bilan ommaviy baholanishi lozim bo‘lgan hududlarni zonalashtirish;
- narxni shakllantiruvchi omillarni va ularning obektlar qiymatini aniqlashga ta’sir darajasini (koeffitsiyentini) aniqlash;
- obektlar qiymatini aniqlash;
- ommaviy baholash natijalarini tasdiqlash.
Ommaviy baholashni bosqichma-bosqich amalga oshirish rejalashtirilmoqda:
- 2025-2026 yillarda – tajriba tariqasida Toshkent shahrida;
- 2026-2027 yillarda – Nukus shahri va viloyat markazlarida;
- 2027 yil va undan keyingi yillarda – qolgan hududlarda.
Quyidagi ma’lumotlar olinadi va tahlil qilinadi:
- narxni shakllantiruvchi omillar;
- elektron savdo maydonchalari, shu jumladan obektlarni sotish va ijaraga berish, shuningdek, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha tashkilotlarda tuzilgan notarial tasdiqlangan bitimlar to‘g‘risidagi e’lonlar, shuningdek, tijorat banklari va boshqa kredit tashkilotlarining obektlarning garov qiymatini o‘z ichiga olgan ma’lumotlari;
- turli baholash yondashuvlari doirasida obektlar qiymatini aniqlash uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar.
Mavzuga oid
09:48 / 14.11.2025
O‘zbekistonda riyeltorlik tashkilotlari uchun maxsus standartlar belgilandi
16:43 / 10.11.2025
Ko‘chmas mulk xizmatlari: Toshkent shahri bozorni boshqarmoqda
18:02 / 25.08.2025
Londondagi “eng tor uy” sotuvga qo‘yildi
17:11 / 01.08.2025