2028 yilgaça respublika böyiça bosqiçma-bosqiç köçmas mulkning bozor qiymatini aniqlaş tizimiga ötiladi. Şu asosda köçmas mulk soliği stavkalari ham pasaytirib boriladi. Soliq qömitasi raisi Şerzod Qudbiyev Toşkentda uy-joyning minimal qiymatini belgilaş va kelgusida şu me’yorga rioya qiliş böyiça takliflar işlab çiqişni taklif qildi. U poytaxtda uy-joyning 1 kv metr qiymati kamida 500 dollar ekanini ta’kidlayapti.
Özbekistonda bozor qiymatiga ötilganidan söng köçmas mulk soliği stavkalari qayta körib çiqilişi mumkin. Bu 2026−2028 yillarga möljallangan fiskal strategiyasida keltirib ötilgan.
«Soliq soliş maqsadida köçmas mulkning bozor qiymatini aniqlaş tizimini respublika böylab bosqiçma-bosqiç joriy etiş va köçmas mulk soliği stavkalarini şu asosda pasaytiriş közda tutilgan», deyiladi hujjatda.
17 iyul kuni quriliş sohasi vakillari bilan ötkazilgan oçiq muloqotda Soliq qömitasi raisi Şerzod Qudbiyev sotuv vaqtida uy-joy narxini sun’iy ravişda pasaytiriş holatlari kuzatilayotgani haqida gapirgandi.
Qudbiyevga köra, joriy yilning yanvar-iyul oylarida bitimlarni rasmiylaştiriş bilan boğliq 2000 ta holatda uy-joyning 1 kv metr qiymati 1 mln söm deb körsatilgan. Bunday obektlarning umumiy maydoni 353 ming kv metrni taşkil etadi.
9300 ta holatda 1 kvadrat metr 1−3 mln sömdan sotilgan bölib, umumiy maydon 702 ming kv metrni taşkil etgan. Yana 13,5 ming bitimda umumiy maydoni 933 ming kv metr bölgan uy-joylar 1 kv metr uçun 3−5 mln sömdan baholangan.
Soliq qömitasi rahbari Toşkentda uy-joyning minimal qiymatini belgilaş va kelgusida şu me’yorga rioya qiliş böyiça takliflar işlab çiqişni taklif qildi. U poytaxtda uy-joyning 1 kv metr qiymati kamida 500 dollar ekanini ta’kidladi.
Avvalroq, Iqtisodiyot va moliya vazirining buyruği bilan köçmas mulkni ommaviy baholaş uslubiyoti tasdiqlangani xabar qilingandi.
Ommaviy baholaşni bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş rejalaştirilmoqda:
· 2025-2026 yillarda – tajriba tariqasida Toşkent şahrida;











