Jahon | 08:41 / 18.07.2017
16738
2 daqiqa o‘qiladi

Argentina shahrida havo harorati rekord darajada pasayib ketdi

Foto: Twitter/@juanmvila

17 iyul kuni Argentinaning San-Karlos-de-Bariloche shahrida eng past havo harorati qayd etildi. Bu yerda termometr ko‘rsatkichi Tselsiy shkalasi bo‘yicha -25,4 darajani tashkil etdi. U kishida 29 daraja sovuqdek taassurot uyg‘otdi, deb xabar qilmoqda Argentina meteorologiya xizmati. 

RIA Novostining xabariga ko‘ra, bunga mintaqada "Asr bo‘roni" kirib kelishi sabab bo‘lgan. Buning natijasida shahar qalin qor bilan qoplandi. And tog‘larining shundoqqina ostonasida joylashgan Bariloche mamlakatning mashhur sayyohlik markazlaridan biri hisoblanadi.

Ushbu shahardagi avvalgi o‘ta sovuq harorat 1963 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda -21,1 darajani tashkil etgan. 

Foto: Twitter/@juanmvila

Bu safargi qahraton qish sabab mahalliy aeroport faoliyati izdan chiqdi. 25 mingga yaqin kishi elektr energiyasiz qoldi. Ko‘chalarda qor qalinligi 50 sm.ga yetdi, deb xabar qilmoqda mahalliy Federal portali.

Mavzuga oid