Argentina Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) a’zoligini töxtatdi. Mamlakat taşqi işlar vaziri Pablo Kirnoning aytişiça, bu qaror rasmiy xabarnoma yuborilganidan bir yil ötib, 17 mart, seşanba kuni kuçga kirgan.

Kirno X ijtimoiy tarmoğida şunday yozdi: “Mamlakatimiz soğliqni saqlaş sohasidagi xalqaro hamkorlikka ikki tomonlama kelişuvlar va mintaqaviy forumlar orqali kömaklaşişda davom etadi, şu bilan birga öz suverenitetini va soğliqni saqlaş siyosati masalalari böyiça qaror qabul qiliş imkoniyatini töliq himoya qiladi”.

Bir yil avval Argentina hukumati BMT boş kotibi Antoniu Guterrişga JSST tarkibidan çiqiş niyati haqida xabar bergan edi. Mamlakat prezidenti Xaver Miley bu qadamni JSSTning Covid-19 pandemiyasi davrida olib borgan siyosatiga norozilik bilan asoslagan.

Şunga öxşaş qarorni Argentinadan taxminan bir oy oldin AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati qabul qilgan edi va u yanvar oyi oxirida kuçga kirgan. Şu tariqa, Qöşma Ştatlar 1948 yilda taşkil etilgan va 190 dan ortiq a’zoga ega Jahon soğliqni saqlaş taşkilotidan çiqqan birinçi mamlakatga aylandi. Tramp JSSTni korrupsiya, samarasizlik va Xitoy hamda boşqa davlatlarning siyosiy bosimiga yon bosişda ayblagan.

AQŞ JSSTdan rasman çiqqanidan söng taşkilot oldida 260 million dollar qarz qoldirgan. AQŞ va Argentina qarorlari ortidan Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti rahbariyati xodimlar sonini qisqartirmoqda. Kutilişiça, joriy yil oxiriga qadar JSST xodimlarining 25 foizi işdan böşatiladi.