Yevropa Ittifoqi Janubiy Amerikadagi Merkosur (Mercosur) bloki mamlakatlari bilan erkin savdo kelişuvini “vaqtinça qöllaş”ga kirişmoqda. Bu haqda 27 fevral, juma kuni Yevrokomissiya (YeK) raisi Ursula fon der Lyayyen ma’lum qildi. Uning aytişiça, bu kelişuv blokka kiruvçi tört davlatdan ikkitasi — Urugvay va Argentina uni ratifikatsiya qilganidan keyin mumkin bölgan. Kutilişiça, Braziliya va Paragvay ham “yaqin vaqt içida” ularning ortidan ergaşadi.

Fon der Lyayyen yanvar oyida Yevropa kengaşi YeKni Merkosur mamlakatlaridan biri birinçi bölib ratifikatsiya qilgan paytdan boşlab kelişuvni vaqtinça qöllaşga vakolat berganini eslatdi. “Men allaqaçon aytganman: ular tayyor bölsa — biz ham tayyor bölamiz. Şuning uçun sönggi haftalarda men bu masalani a’zo davlatlar va Yevroparlament a’zolari bilan juda faol muhokama qildim”, — dedi YeK rahbari Bryusselda jurnalistlarga.

U kelişuv faqat Yevroparlament ma’qullagandan keyingina töliq amalga oşirilişi mumkinligini aniqladi. “Şuning uçun komissiya barça YeI institutlari, a’zo davlatlar va manfaatdor tomonlar bilan yaqin hamkorlikni davom ettiradi — jarayonni izçil va şaffof tarzda ta’minlaş uçun”, — deya qöşimça qildi fon der Lyayyen.

Yevrokomissiya raisi YeI va Merkosur mamlakatlari örtasidagi kelişuvning afzalliklarini sanab, u 720 million aholi uçun umumiy bozor yaratişini aytdi. “U beqiyos imkoniyatlarni oçadi. U milliardlab bojxona tölovlarini qisqartiradi. U bizning kiçik va örta biznesimizga ilgari faqat orzu qiliş mumkin bölgan bozorlarga va miqyosga kiriş imkonini beradi. Bundan taşqari, u keskin raqobat va qisqa muddatli manfaatlar hukmron bölgan dunyoda Yevropaga ilk qadam taşlovçi sifatida strategik ustunlik beradi”, — dedi u.

Yevrokomissiyaning Janubiy Amerika davlatlari bilan savdo kelişuvini vaqtinça qöllaş qarori YeIda turliça baholandi. Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful bu qadamni “tarixiy” kelişuv sari taşlangan qadam deb olqişlagan bölsa, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron uni “yoqimsiz syurpriz” deb atadi.

“Bu — Yevropaning soati”, — deb yozdi Vadeful X ijtimoiy tarmoğida va YeKning kelişuvni vaqtinça qöllaş qaroridan söng ikki qit’adagi kompaniyalar va odamlar “nihoyat” köproq farovonlik va ösişdan foyda olişini ta’kidladi. “Germaniya bu tarixiy kelişuvning barça salohiyatini oçiş uçun tinmasdan işlaydi”, — deya davom ettirdi vazir.

Makron esa Parijdagi matbuot anjumanida şunday dedi: “Fransiya uçun bu syurpriz — va yoqimsiz”. Uning fikriça, Bryusseldagi komissiya kelişuvni vaqtinça qöllaş böyiça qarorni “yakka qabul qildi”, “garçi Yevroparlament bu masala böyiça ovoz bermagan bölsa ham”. Şu tariqa hokimiyat “juda katta mas’uliyat”ni öz zimmasiga olyapti, deya ta’kidladi u.