Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Amazonkada Stounxenjning qiyofadoshi topildi
Internet tarmog‘ida Stounxenjning ulkan qiyofadoshiga doir video va fotosuratlar paydo bo‘ldi. Ular tropik Amazonka o‘rmonlarida topildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.
Daily Express nashrining xabar qilishicha, braziliyalik olimlar tomonidan kashf qilingan geogliflar taxminan 2 ming yillar muqaddam paydo bo‘lgan. Ularning ayrimlari 40 tonnadan og‘ir ekani ta'kidlanmoqda.
Tadqiqotchilarning fikricha, Amazonka pasttekisligidagi ushbu eng qadimgi qo‘lbola inshootlar diniy marosimlarda o‘ziga xos vazifani bajargan. Olimlarning taxmin qilishlaricha, Janubiy Amerikaning tropik o‘rmonlari ko‘plab insoniyatga ma'lum bo‘lmagan sirlarni yashiradi.
Stounxenj (inglizcha: Stonehenge) — megalitik inshoot bo‘lib, Angliyaning Uiltshir grafligida joylashgan. U doira shaklidagi tuproq va toshlar aralashmasidan yasalgan majmuadir. Londondan 130 km janubi-g‘arbda joylashgan. Stonehenge dunyodagi eng mashhur arxeologik yodgorliklardan biri bo‘lib, Angliyadagi yangi tosh davri va bronza davriga doir yodgorlik majmuasi hisoblanadi. Inshoot va uning atrofi 1986 yilda YuNeSKO butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Mavzuga oid
07:36 / 29.12.2025
Braziliya qanchalik katta? Infografikada haqiqiy ko‘lam
08:24 / 15.12.2025
O‘zbekiston va Braziliya qo‘shma loyihalarni ishga tushirishni muhokama qildi
15:54 / 10.12.2025
Toshkentda Braziliyaning yangi elchisi faoliyatini boshladi
19:41 / 22.11.2025