Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Braziliyaning Özbekistondagi yangi tayinlangan elçisi Serjio Rodriges dos Santosni qabul qildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Braziliyaning yangi tayinlangan elçisi Serjio Rodriges dos Santos janoblarining işonç yorliqlarini qabul qildik, – deb yozdi Özbekiston TIV rahbari özining Telegram-kanalida. – Ikki tomonlama munosabatlarning jadal rivojlanayotgan dinamikasini muhokama qildik hamda geografik uzoqlikka qaramay, mamlakatlarimiz birgalikda samarali foydalanişi mumkin bölgan köplab imkoniyatlarni körib çiqdik”, – deya ta’kidladi Baxtiyor Saidov.
Uçraşuv çoğida savdo-iqtisodiy sohada özaro tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş, qişloq xöjaligi, sanoat kooperatsiyasi, logistika, ta’lim va turizm yönalişlarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi. Tomonlar siyosiy muloqotni faollaştiriş va xalqaro taşkilotlar doirasida hamkorlikni davom ettirişdan manfaatdorligini bildirdi.
Braziliyaning yangi elçisi Serjio Rodriges dos Santos 57 yoşda bölib, 1995 yildan buyon Braziliya Taşqi işlar vazirligi hamda xorijiy muassasalarda mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritib keladi.
U 2022–2025 yillarda Braziliyaning Toşkentdagi elçisi sifatida akkreditatsiya qilingan Rodrigo de Lima Baena Soares örniga tayinlandi. Yangi elçi faoliyati ikki mamlakat örtasidagi diplomatik munosabatlar va amaliy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişi kutilmoqda.












