O‘zbekiston | 20:55 / 25.04.2017
20258
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Rossiyada ekiladigan kartoshka navlari yetishtiriladi

Rossiyaning Uporovo (Tyumen viloyati) agrofirmasi "KRiMM" va AGROVER qishloq xo‘jaligi kompaniyasi O‘zbekistonga elita sinfidagi "Rozara" va "Red Skarlet" kartoshka navlarining urug‘idan 600 tonna yetkazib berishga shartnoma tuzishdi.

O‘zbekistonga kartoshka urug‘ini yetkazib berishdan avval 2 ming tonna kartoshka yetkazib berish bo‘yicha bitim tuzilgandi. Shundan keyin hamkorlikni kengaytirishga qaror qilindi.

"Birinchi bitimni tugatib, biz ikki hamkor sifatida ishimizga baho berdik. Ikki tomon ham hamkorlikdan mamnun. Shuning uchun keyingi shartnomani 600 tonna kartoshka urug‘ini yetkazib berishga tuzdik", deb aytdi "KRiMM" bosh direktori Gennadiy Ryazanov.

Kartoshka xorijga jo‘natilishidan avval jiddiy sifat nazoratidan o‘tadi. Dastlab urug‘lik korxona ichida yashirin zararlanganliklarga tekshiriladi. So‘ngra Rosselxozsentrning Tyumendagi filiali urug‘likdan namunalar tanlab, mahsulotning muvofiqlik sertifikatini topshiradi. Mamlakatdan eksport qilish uchun, shuningdek, fitosanitar sertifikat beriladi. 

"KRiMM"ning kartoshka urug‘ining ilk partiyasi O‘zbekistonga jo‘natib bo‘lindi. Qolgan urug‘lik 15 maydan kechiktirilmasdan to‘liq yetkazib beriladi.

Mavzuga oid