Rossiyadan Yevropaga quvur orqali tabiiy gaz eksporti 2025 yilda 44 foizga kamayib, 1970-yillar örtalaridan beri eng past darajaga tuşdi. Bu haqda seşanba, 30 dekabr kuni Reuters agentligi xabar berdi.

Yevropa Ittifoqi Kengaşi va Yevroparlament 3 dekabr kuni REPowerEU rejasi doirasida Rossiya tabiiy gazini 2027 yilgaça import qilişdan bosqiçma-bosqiç voz keçişni nazarda tutuvçi reglament böyiça dastlabki kelişuvga erişdi.

Rossiyaning «Gazprom» korporatsiyasi bilan Ukrainaning «Naftogaz»i örtasidagi tranzit kelişuvi 2025 yil 1 yanvar kuni öz amal qiliş muddatini yakunladi, şundan söng Kiyev Rossiya gazini öz hududi orqali uzatişni töxtatdi. Şu sababli 2025 yilda «Gazprom»ning Yevropaga quvur orqali yetkazib beriş hajmi 18 mlrd kub metrgaça qisqardi. Ensog (Yevropaning gaz taşiş böyiça guruhi) ma’lumotlariga köra, xomaşyo asosan «Turk oqimi» orqali kelib tuşgan.

Rossiya YeIga tankerlar orqali suyultirilgan tabiiy gaz (STG) ham eksport qiladi va yetkazib beriş hajmi böyiça AQŞdan keyin ikkinçi yirik ta’minotçi bölib qolmoqda.

Bryussel rejasiga köra, 2025 yil 17 iyungaça Rossiyadan gaz yetkazib beriş böyiça tuzilgan qisqa muddatli şartnomalar uçun import taqiqi: STG böyiça — 2026 yil 25 apreldan, quvur orqali gaz böyiça — 2026 yil 17 iyundan kuçga kiradi.

STGni yetkazib beriş böyiça uzoq muddatli şartnomalar uçun taqiq 2027 yil 1 yanvardan amal qila boşlaydi — YeIning 19-sanksiyalar paketiga muvofiq.

Quvur orqali gaz böyiça uzoq muddatli şartnomalar esa bosqiçma-bosqiç bekor qilinadi: 2027 yil 30 sentabrdan boşlab (gaz zaxiralari böyiça maqsadli darajalarga erişilgan bölişi şarti bilan), ammo har qanday holatda ham 2027 yil 1 noyabrdan keçiktirmasdan. Ukrainadagi uruş boşlanişidan oldin Rossiyadan yetkazib berilgan gaz YeIning umumiy gaz importining taxminan 45 foizini taşkil etgan.

Taqiqqa rioya etilişini ta’minlaş uçun YeI import böyiça oldindan ruxsat tizimini joriy qiladi. Rossiya gaziga nisbatan ruxsat oliş uçun zarur axborot yetkazib berişdan kamida bir oy oldin taqdim etilişi kerak.

Oldindan ruxsat beriş tartibi quyidagilarga nisbatan qöllanmaydi: 2024 yilda YeIga 5 mlrd kub metrdan ziyod tabiiy gaz eksport qilgan gaz işlab çiqaruvçi mamlakatlardan importga; Rossiyadan gaz import qilişni taqiqlagan yoki çeklagan davlatlardan importga; gaz import qiliş uçun infratuzilmasi bölmagan mamlakatlardan importga.