Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo viloyati tarkibida Bandixon tumani tashkil etiladi
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi. Unda deputatlar Surxondaryo viloyati tarkibida Bandixon tumanini tashkil etish hamda Qiziriq, Boysun va Qumqo‘rg‘on tumanlari hududlari chegarasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdilar.
Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 17-18 oktabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarga muvofiq kiritilgan ushbu masala mazkur hududda yagona boshqaruvni yo‘lga qo‘ygan holda, aholi uchun ijtimoiy-maishiy qulayliklar yaratishni nazarda tutadi.
Nazarda tutilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani hududidagi “Bandixon”, “Bektepa”, “Obod turmush”, “Polvontosh”, “Saroy”, “Birdamlik”, “Chinor”, “Paxtakor”, “Navbahor”, “Farovon”, “Bahoriston”, “O‘rg‘ilsoy”, “Gulbog‘”, “Qaldirg‘och”, “Zevar”, “Xo‘jaipok”, “Obod yurt” hamda “Bag‘ri keng” mahalla fuqarolar yig‘inlari, Boysun tumanining “Ko‘lqamish” mahallasi “Kuba” qishlog‘i, “Obikor” hamda Quduqsoy mahalla fuqarolar yig‘inlari, Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Davlatsoy” mahallasining “Porloq” va “Xurmazor” qishloqlari, “Navruz” hamda “Bandixon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududlari tashkil etilayotgan Bandixon tumani tarkibiga o‘tkaziladi.
Deputatlarning qayd etishicha, bu o‘zgarishlar hududda qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, chorvachilikni rivojlantirishga, aholi bandligini ta'minlashga, Surxondaryo viloyatining dehqonchilik mintaqasi hisoblangan Bandixon tumanini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy ettirishga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
13:13 / 30.12.2025
Farg‘ona vodiysi va Surxondaryoga tezyurar elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
17:52 / 24.12.2025
Prezident Surxondaryoni investitsiya va aholi daromadi eng tez o‘sadigan hududga aylantirish vazifasini qo‘ydi
10:22 / 13.12.2025
Nohaq sudlangan surxondaryolik yolg‘iz onaning ishi qayta ko‘rib chiqiladi
10:20 / 12.12.2025