2025 yil 27 dekabr kuni “2030 yilga qadar temiryöl transportida mahalliy yönalişlarda yölovçi taşiş körsatkiçlarini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori (PQ–391-son) qabul qilindi. Hujjat mahalliy temiryöl yönalişlarida yölovçi taşiş hajmlarini oşiriş, elektropoyezdlar qatnovi qamrovini kengaytiriş hamda xizmat sifatini yaxşilaşga qaratilgan.

Qarorga köra, 2030 yilgaça temiryöl transportida mahalliy yönalişlarda yillik yölovçi taşiş körsatkiçini 10,5 mln nafardan 23,5 mln nafargaça oşiriş, elektropoyezdlar qatnovi taşkil etilgan yönalişlar sonini esa 40 tadan 53 taga yetkaziş maqsad qilib belgilangan.

Ustuvor vazifalar sifatida, Angren–Pop hamda Toşguzar–Boysun–Qumqörğon temiryöl uçastkalarini modernizatsiya qilgan holda 2030 yilgaça Farğona vodiysi viloyatlari — Andijon, Namangan va Farğona, şuningdek, Surxondaryo viloyatiga tezyurar elektropoyezdlar qatnovini yölga qöyiş rejalaştirilgani qayd etildi.

Şuningdek, qarorda boşqa yönalişlar böyiça ham aniq vazifalar belgilangan. Jumladan, elektrlaştiriş işlari yakunlangan uzunligi 465 km bölgan “Buxoro–Xiva” temiryöl liniyasi orqali 2026 yildan Toşkent–Urganç–Xiva yönalişida yuqori tezlikda harakatlanuvçi elektropoyezdlar qatnovini taşkil etiş nazarda tutilgan.

Bundan taşqari, uzunligi 196 km bölgan “Miskin–Nukus” temiryölini elektrlaştiriş işlarini 2026 yil yakuniga qadar tugatiş hamda mazkur yönalişlarda yuqori tezlikda harakatlanuvçi elektropoyezdlar qatnovini taşkil etiş belgilangan.