Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi ishlar yangi bosqichga olib chiqiladi - Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston hukumati har qanday radikallashuvga qarshi ekani ma’lum qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentning parlamentga murojaatida dunyodagi hozirgi murakkab sharoitda ochiq va pragmatik, o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan tashqi siyosat izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
Bundan keyin ham asosiy e’tibor Markaziy Osiyodagi barcha qo‘shni mamlakatlar va dunyodagi strategik sheriklar bo‘lgan davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishga qaratilishi aytildi.
Milliy xavfsizlikni ta’minlash, mamlakat qurolli kuchlari jangovar salohiyatini oshirish borasidagi ishlar yangi bosqichga olib chiqiladi.
«Butun dunyoda kuchayib borayotgan radikalizm, ekstremizm, terrorizm, odam savdosi, giyohvandlik kabi xatarlar, afsuski, bizni ham chetlab o‘tmayapti.
Lekin, takror aytaman, musulmon ummatiga saboq bergan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi buyuk ulamolar yetishib chiqqan bizning diyorimizda bu borada adashganlar, radikalizm va ekstremizm g‘oyalariga berilganlar bo‘lishi mumkinmi?
Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma’rifat o‘rnini jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaymiz. Biz har qanday radikallashuvga qarshimiz.
Jamiyatimizning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, madaniyat sohasini rivojlantirish, ilmiy-ijodiy tashkilotlar, muhtaram ziyolilarimiz faoliyatini qo‘llab-quvvatlash ham, biz uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘ladi», — dedi prezident.
Qadimiy va betakror tarixni, ayniqsa, g‘oyat og‘ir sharoitda ilm-ma’rifat, inson erkinligi, xalq ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat g‘oyalarini dadil ko‘tarib chiqqan jadid bobolar faoliyatini yanada chuqur o‘rganish lozimligi qayd etildi.
«Qanchalik qiyin bo‘lmasin, tanlagan yo‘limizdan hech qachon ortga qaytmaymiz. Ko‘zlagan marralarimizga albatta yetamiz.
Bu yo‘lda niyati ulug‘, qalbi pok, mehnatkash xalqimizga tayanamiz. Bir tan-u bir jon bo‘lib harakat qilsak, men ishonaman, el-yurtimiz intilayotgan Yangi O‘zbekistonni albatta barchamiz birgalikda bunyod etamiz.
Fursatdan foydalanib, islohotlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelayotgan, barcha sinovlarni mardona yengib, o‘zining fidokorona mehnati bilan jonajon Vatanimiz ravnaqiga beqiyos hissa qo‘shayotgan mard va olijanob, bag‘rikeng xalqimizga yana bir bor ta’zim qilaman. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!» — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
14:04 / 26.08.2025
Iordaniya podshohi O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi
20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi
07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
20:15 / 26.12.2024