Jamiyat | 09:24 / 20.09.2016
10841
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyadagi festival vaqtida 2 buqa bir-biri bilan shoxlashgach, nobud bo‘ldi

Ispaniyaning Navarra viloyati hududida o‘tkazilayotgan matadorlar festivali vaqtida ikki buqa bir-biri bilan to‘qnashishi oqibatida nobud bo‘ldi. Bu haqda Mirror xabar tarqatgan.

Ushbu holat tasvirlangan video YouTube portaliga joylashtirilgan.

Bu hodisa Avila viloyatidan olib kelingan buqalar arenaga chiqarilganida yuz bergan.

Eslatib o‘tamiz, 11 sentabr kuni Madridda buqalar jangiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tgandi. Minglab odamlar poytaxt shahar ko‘chalariga chiqib, an'anaviy buqa jangini, shu jumladan, korridani to‘xtatishni talab qilgandi.

Shu yilning iyunida Kastiliya-Leon mintaqasi hukumati shahar festivallarida buqalarni o‘ldirishni taqiqladi. Shunga qaramay, har yili Ispaniya bo‘ylab bu kabi 2 mingga yaqin tadbirlar o‘tkaziladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid