Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya poytaxtida "Qovun sayli" festivali tashkil etildi
O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Germaniya poytaxti Berlin shahrida "Qovun sayli" festivali tashkil etildi.
Berlindagi Intermarkt JUBY savdo uyi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan sayilda mahalliy aholi vakillari, Germaniyada istiqomat qilayotgan va ta’lim olayotgan vatandoshlar oila-a’zolari bilan ishtirok etdi.
Erta tongdan o‘zbek musiqa sadolari ostida boshlangan bayram sayli kechgacha davom etdi. Mamlakatdan keltirilgan turli navdagi shirin qovun-tarvuzlar nemis xalqiga juda manzur bo‘ldi.
Tashrif buyuruvchilar serquyosh yurt ne’matlaridan tatib ko‘rish, diyor gastronomik turizm imkoniyatlari bilan tanishish, shuningdek, milliy matolar va hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmasi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Intermarkt JUBY – Sharqiy Osiyo mamlakatlari mahsulotlari savdosi bo‘yicha Germaniyadagi yirik savdo do‘konlaridan biri hisoblanadi. "Qovun sayli" bilan bir vaqtda mazkur savdo uyi ochilganligining to‘rt yillik yubileyi ham nishonlandi.
Mavzuga oid
10:40
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
08:51 / 04.06.2026