Festival Özbekiston prezidentining "Xalqaro hunarmandçilik festivalini ötkaziş töğrisida"gi hamda "Xalqaro kulolçilik forumi va kulolçilik mahsulotlari körgazma-savdosini ötkaziş töğrisida" qarorlari asosida taşkil etilyapti.

Unda dunyoning 70 davlatidan 278 nafar xorijiy mehmon qatnaşişi rejalaştirilgan. Şuningdek, respublika barça hududlaridan mahalliy hunarmandlar ham iştirok etadi.

Festival doirasida bir qator tadbirlar, festival iştirokçilarining tantanali yurişlari, mahalliy va xorijiy hunarmandlarning mahsulotlari körgazma-savdosi, ilmiy konferensiya, festivalni ötkaziş va yakunlari böyiça matbuot anjumanlari, xalqaro va özbekistonlik hunarmand-dizaynerlar iştirokidagi modalar namoyişi, xalq sayllari, qöğirçoqbozlik va dorbozlar tomoşalari, viloyatlar folklor jamoalari va madaniyat boşqarmalari konsert dasturlari, oş tanlovlari, mahalliy va xorijiy hunarmandlarning mahorat darslari va Qöqon şahrining madaniy-köngiloçar joylari va turistik marşrutlari böylab sayohat ötkaziladi.

Xalqaro hunarmandçilik festivalining ötkazilişi natijalariga köra, Qöqon şahriga sayyohlar oqimi 10 barobarga, hunarmandlar soni 3,5 barobarga, mehmonxonalar 2,5 barobarga oşdi. 

Jahon hunarmandçilik kengaşining 2019 yilning 23 iyulidagi qaroriga köra, Qöqon şahriga yoğoç öymakorligi böyiça Hunarmandçilik şahri maqomi berilgan.