O‘zbekiston | 20:34 / 08.04.2026
5800
2 daqiqa o‘qiladi

22 apreldan yangi mijoz telefon raqami va bank kartasi o‘z nomida bo‘lsagina ilovadan foydalana oladi

Bank va to‘lov kompaniyalari ilovasidan foydalanish bo‘yicha yangi tartibga tushuntirish berildi.

Foto: Kun.uz

Markaziy Bank 22 apreldan masofaviy moliyaviy xizmatlarda xavfsizlik bo‘yicha joriy etilgan yangi tartib haqida tushuntirish berdi.

Qayd qilinishicha, o‘zgarishlar faqat yangi mijozlarga taalluqli.

Agar mijozning telefon raqami, JShShIR va bank kartasi egaligi bir-biriga mos kelsa, u ilovadan foydalanishi mumkin bo‘ldi.

Agar telefon raqam yaqin qarindosh nomida bo‘lsa (ota-ona; opa-singil; turmush o‘rtog‘i; farzand) ilovadan foydalanishda davom etish mumkin bo‘ladi. Ya’ni, bu tartib yaqinlar o‘rtasida hech qanday muammo tug‘dirmaydi.

Muammo faqat bitta holatda paydo bo‘ladi: agar telefon raqam yoki bank karta mijozga umuman aloqasi bo‘lmagan begona shaxs nomida bo‘lsa. Masalan: begona odam nomiga rasmiylashtirilgan telefon raqam; boshqa odamning bank kartasi.

Ta’kidlanishicha, bu tartib asosan 22 apreldan keyin yangi ro‘yxatdan o‘tadiganlar uchun amal qiladi.

Allaqachon ilovadan foydalanayotgan mijoz uchun hech narsa o‘zgarmaydi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid