Davlatga qaraşli Mobiuz aloqa operatori kiberhujumga uçragani haqida xorijiy resurslarda xabar tarqalişi ortidan, kompaniya kiberhujum bölganini tasdiqladi, ammo mijozlarning şaxsiy ma’lumotlari sizib çiqqanini rad etdi.

Mobiuz'ga köra, hakerlar sinov serverini buzib kirişga muvaffaq bölgan, lekin abonentlarning ma’lumotlari saqlanadigan asosiy serverga kirolmagan.

“Joriy yilning fevral oyida xavfsizlik tizimlari monitoringi davomida kompaniyaning asosiy tizimlarga ulanmagan sinov serverlaridan biriga ruxsatsiz kiriş aniqlandi. Server qöşimça izolyatsiya qilindi, bu esa hodisani çegaralaş imkonini berdi.

Abonentlar haqidagi ma’lumotlar, ularning şaxsiy va moliyaviy ma’lumotlari saqlanadigan tizimlar töliq himoyalangan hududda joylaşgan. U yerga heç qanday kiriş izlari topilmadi. Xizmatlar faoliyati buzilmagan, mijozlarning şaxsiy ma’lumotlari sizib çiqmagan”, – deyiladi kompaniya bayonotida.

Kompaniya mas’ul organlar bilan hamkorlikda hodisani batafsil tekşirayotgani, axborot tizimlari himoyasini kuçaytiriş böyiça qöşimça çoralar körayotganini bildirgan.

Eslatib ötamiz, fevral oyida elektron hukumat tizimlari ham kiberhujumga uçragan edi.

Raqamlaştiriş vaziri Şerzod Şermatov 3 ta idoraning axborot tizimlari muayyan darajada buzib kirilganini aytgan, lekin internetda yozilganidek 15 million kişining ma’lumoti emas, özbekistonliklarning şaxsiga oid 60 mingta data öğirlanganini ma’lum qilgandi.

Dekabr oyi oxirida Mobiuz'ni xususiylaştiriş jarayonida 3 ta da’vogar oxirgi bosqiçga ötgani xabar qilingandi.