Jahon | 17:57 / 12.04.2018
15780
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Suriyada bajarilgan ish uchun minnatdorlik yo‘qligidan hayratga tushdi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning tvitterdagi sahifasida ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar uning ma'muriyati rahbarligida Suriyada IShID bilan kurash bo‘yicha juda katta ishni amalga oshirdi.

Shu bilan birga, AQSh yetakchisi Qo‘shma Shtatlarga buning uchun minnatdorlik bildirilmaganidan hayratda ekanini aytgan.

«Qo‘shma Shtatlar mening ma'muriyatim rahbarligida mintaqani IShIDdan ozod qilish bo‘yicha juda katta ishni amalga oshirdi. Bizga aytilishi kerak bo‘lgan: «Rahmat senga, Amerika» qani?» - deb yozdi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Suriyaga berilishi mumkin bo‘lgan zarbalar muddati haqida gapirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid