Bir neça haftadan beri Eron va AQŞ örtasidagi vositaçilar uruşga çek qöyişi mumkin bölgan dastlabki kelişuvni puxta işlab çiqişga urinmoqda. Tomonlar bir-birini vaqtni çöziş yoki şartlarni notöğri talqin qilişda ayblaşi oqibatida bu urinişlar bir neça marotaba barbod böldi.

Muzokaralarda iştirok etayotgan diplomatlarning aytişiça, tortişuvlar qançalik uzoq davom etsa, har ikki tomon şunçalik asabiylaşişi va öt oçişlar köpayişi mumkin. Bu esa kengroq diplomatik sa’y-harakatlarni yanada xavf ostiga qöyadi.

Hozirgi kunda har ikki tomon roziligini olişga yaqinroq bölgan yangi memorandum loyihasi muhokama qilinmoqda. Ammo ularning ayrim şartlar böyiça bayonotlari turliça va prezident Donald Tramp uni hali tasdiqlamagan.

Bu memorandum – Eron yadro dasturining kelajagi, AQŞning sanksiyalari va uruşni rasman yakunlaşni belgilab beruvçi yanada jiddiyroq muzokaralar uçun yöl oçadigan dastlabki asos böladi.

New York Times naşri ismlari sir qolişi şarti bilan gapirgan Eron va AQŞ rasmiylari, şuningdek muzokaralarda qatnaşayotgan ikki diplomatga tayanib, sönggi taklifda muhokama qilinayotgan ayrim tafsilotlarni oçiqladi.

Harbiy harakatlar yakunlanadi, ammo…

Kelişuv loyihasi Vaşington va Tehron örtasida hujum qilmaslik töğrisidagi pakt şartlarini belgilab berişi kutilmoqda.

Loyiha mintaqaviy miqyosga ega bölib, Livandagi janglarni töxtatişni ham öz içiga oladi. U yerda öt oçişni töxtatiş rejimi e’lon qilinganiga qaramay, Isroil va Hizbulloh sulhni doimiy ravişda buzib kelmoqda.

002
Foto: Getty Images

Sönggi şartlardan xabardor ikki diplomatning aytişiça, dastlabki kelişuv dastlab 60 kunlik muddatga harbiy harakatlarni töxtatişni közda tutadi. Bu tomonlar örtasida muzokaralar olib borişga imkon beradi va uni uzaytiriş imkoniyati ham mavjud böladi.

Anglaşuv memorandumidagi yuqoridagi şartlar faqat kengroq va asosiy bitim böyiça muzokaralar olib boriladigan davrga tegişlidir.

Şunga qaramay, noaniqliklar saqlanib qolmoqda, deydi manbalar. Muzokaralar pokistonliklar va qatarliklar vositaçiligida olib borilgan. Şu bois tomonlar memorandumning aynan bir xil versiyasi ustida işlayotgani yoki Eronda kelişuvni tasdiqlaş uçun kim vakolatga ega ekanligi aniq emas.

Hörmuz – hamon asosiy kelişmovçilik nuqtasi

Fevral oyida AQŞ-Isroil hujumi boşlanganidan köp ötmay, Eron Hörmuz böğozini amalda yopib qöyib, jahon iqtisodiyotini larzaga keltirdi. Bunga javoban AQŞ kuçlari Eron portlari va Körfazdagi energetika obektlariga qarşi özining dengiz blokadasini joriy etdi.

Hörmuz böğozi – tijorat kemalari uçun muhim suv yöli bölib, uruşdan oldin dunyodagi neft va gazning taxminan beşdan bir qismi u orqali ötgan.

AQŞning memorandum böyiça qaraşiga köra, böğoz zudlik bilan qayta oçiladi. Ammo, AQŞ blokadasi saqlanib qoladi va Eron kema qatnovini qançalik tiklaşiga qarab bosqiçma-bosqiç yumşatib boriladi. Bundan közlangan maqsad – Eronni böğozni tezda minalardan tozalaşga undaşdir.

Eron yakuniy bitim böyiça muzokaralar olib borilayotgan paytda, dengiz qatnovini 30 kun davomida uruşdan oldingi darajaga qaytarişga rozi bölgan. Şunga qaramay, böğozni minalardan tozalaş va oçiş jarayoni bir neça hafta davom etişi mumkin. Tehron bundan keyin nima bölişi borasida Vaşington bilan hali ham bahslaşmoqda.

003
Foto: Reuters

Xususan, Eron rasmiysi AQŞning dengiz blokadasi «30 kun içida» olib taşlanişi va Hörmuz böğozi muzokaralar davomida oçiq bölişini aytgan. AQŞ rasmiysi esa Qöşma Ştatlar buni amalga oşiriş uçun heç qanday muddat belgilamaganini aytmoqda.

Bundan taşqari, eronlik muzokaraçilar uşbu muddatdan keyin Eron va Ömon – böğozdan ötuvçi kemalar uçun qandaydir xizmat haqi joriy etiş yoki etmaslik huquqiga ega, degan fikrida qat’iy turibdi.

Ammo, 27 may kuni prezident Tramp xalqaro suv yöli yakunda heç qanday boj yoki tölovlarsiz hamma uçun oçiq qolişi haqidagi da’vosini yana bir bor takrorladi. Şu bois AQŞning ba’zi muzokaraçilari böğozning uzoq muddatli maqomini muzokaralarning ikkinçi raundiga qoldirişni taklif qilgan.

Eron uçun uruşdan keyingi «investitsiya jamğarmasi»

Kelişuvga kiritilgan eng hayratlanarli va yaqinda paydo bölgan qöşimça, şubhasiz, Eron uçun investitsiya jamğarmasining tilga olinişidir. Eron rasmiysi va bir diplomat buni 300 milliard dollar deb baholadi. Vositaçilikka jalb qilingan boşqa manbalar bu miqdorni tasdiqlamadi.

Eron rasmiysi buni yakuniy kelişuv imzolangan taqdirda Eronga va’da qilinadigan «qayta tiklaş dasturi» deb ta’rifladi. Muzokaralarning avvalgi bosqiçlarida Tehron bombardimonlar natijasida körilgan zararlarni qoplaşni talab qilgan edi. Eronning ba’zi rasmiylari zarar miqdorini 300 milliarddan 1 trillion dollargaça baholamoqda.

Loyihadan xabardor diplomatlar buni xalqaro «investitsiya jamğarmasi» deb atadi. Yakuniy bitim imzolangan taqdirda Qöşma Ştatlar uning faoliyatiga kömaklaşadi. Jamğarma rejalari muzokaralar davrida batafsil muhokama qilinadi.

004
Foto: New York Times

Uşbu taklif Trampning Yaqin Şarq böyiça maxsus vakili Stiv Uitkof va prezidentning kuyovi Jared Kuşner tomonidan ilgari surilgan avvalgi ğoyaning takrorlanişi bölib körinmoqda. Ularning ikkisi ham köçmas mulk investorlari bölib, kelişuvga erişilgan taqdirda ular Tehronda köçmas mulk loyihalari va uşbu jamğarmani taklif qilgan.

Şuningdek, eronlik rasmiylar ham AQŞning yirik neft va energetika korporatsiyalari Eronga investitsiyalar kiritişi mumkinligini taklif qilgan.

Yadroviy muzokaralar ikkinçi bosqiçga qoldiriladi

Kelişuv loyihasi har ikki tomonga Eronning boyitilgan urani taqdirini muhokama qiliş majburiyatini yuklaydi. Manbalarga köra, bu mavzu muzokaralarning ikkinçi bosqiçida bölib ötadi va Eronning yuqori darajada boyitilgan qariyb 450 kg uran zaxirasini qanday yöq qilişni öz içiga oladi.

Muzokaraçilar şuningdek, pastroq darajada boyitilgan yana 10 tonna yadroviy material bilan ham şuğullanişlariga töğri keladi.

Tramp dastlab bu zaxiralar Qöşma Ştatlarga yuborilişi kerakligini aytgandi. Eron esa boyitilgan uranning bir qismini xalqaro inspektorlar nazorati ostida öz hududida suyultirişni va zaxiraning boşqa qismlarini uçinçi davlatga jönatişni xohlaydi.

Keyinroq Tramp ham biroz moslaşuvçanlik körsatib, xalqaro inspektorlar nazorati ostida boyitiş darajasini suyultiriş yoki uçinçi davlatga yuboriş ham maqbul bölişini aytdi. Ammo u Eron uranini Rossiya yoki Xitoy qabul qilişidan mamnun emas.

Loyihaga köra, ikki tomon yakuniy bitim muzokaralarini olib borayotganda, Tehron Vaşingtonning sanksiyalarni oşirmaslik haqidagi va’dasi evaziga öz yadro dasturini töxtatib turadi. Agar yakuniy kelişuvga erişilsa, AQŞning Eronga qarşi amaldagi sanksiyalari vaqt ötişi bilan olib taşlanadi.

Eronning muzlatilgan aktivlari

Memorandum yakuniy natijada Eronning muzlatilgan mablağlari bir qismini ozod qilişga imkon berişi kutilmoqda. Biroq, qoğozda yozilgan narsa ikki tomon oğzaki ravişda kelişib olgan narsaga mos kelmasligi ham mumkin.

Eron xorijiy banklarda taxminan 24 milliard dollar puli muzlatilgani da’vo qiladi va ular ozod qilinmasdan turib jiddiy muzokaralar boşlanişi mumkin emasligini ta’kidlaydi.

005
Foto: New York Times

New York Times'ga köra, bu Tramp uçun juda nozik mavzu. Çunki u sobiq prezident Barak Obama ma’muriyati 4 nafar amerikalikning ozod qilinişi evaziga Eronga 1,7 milliard dollar yuborganidan söng uni keskin tanqid qilgandi.

Obamaga qaraganda ança köproq milliardlarni Eronga berişga yöl qöyiş Trampni – ham öz muxoliflari, ham Eronga qarşi amaldorlar hujumlariga duçor qilişi mumkin. Şu bois Tramp öz yordamçilariga – AQŞ Eronga töğridan-töğri naqd pul berayotganini körsatuvçi har qanday kelişuvni imzolamasligini aniq tuşuntirgan.

Uşbu siyosiy voqelikni hisobga olgan holda, Tramp jamoasi – boşqa davlatlar, jumladan Qatar orqali Eron pullarini yeçişni közda tutadigan ğoyalarni işlab çiqmoqda. Manbalarning aytişiça, loyihaning yozma versiyasida mablağlarni bosqiçma-bosqiç ozod qiliş va’da qilinişi kutilmoqda.