Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston AQSh bilan viza rejimini soddalashtirishni muhokama qiladi
Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyevning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston AQSh bilan o‘z fuqarolari va biznes uchun viza tartibini soddalashtirishni muhokama qiladi. Shuningdek, istiqbolda Amerika shaharlariga parvozlar geografiyasini kengaytirish rejalashtirilyapti.
Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi
O‘zbekiston va AQSh fuqarolar hamda biznes uchun viza rejimini soddalashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqchi. Bu haqda transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Prezidentimiz har doim eng katta darvozani ochadi. Ikki davlat rahbarlari asosiy yo‘nalishlar, xususan, transport bo‘yicha kelishib olsa, biz uchun ham ishlash osonroq bo‘ladi. Vazifalar ko‘p va ulardan o‘rganadigan jihatlarimiz bor», dedi transport vaziri o‘rinbosari.
Jasurbek Choriyevning qo‘shimcha qilishicha, Uzbekistan Airways va Boeing o‘rtasida 22 ta 787−9 Dreamliner samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzilishi uzoq yo‘nalishlarga, shu jumladan AQSh shaharlariga parvozlar geografiyasini kengaytirish imkonini beradi.
«Yaqinda qabul qilingan amerikaliklar uchun vizalarni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni hisobga olgan holda, turizm ham rivojlanadi. Fuqarolarimiz va biznes uchun viza tartibini soddalashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi», — dedi vazir o‘rinbosari.
Avvalroq, O‘zbekiston prezidentining 2025 yil 3 noyabrdagi farmoni bilan 2026 yil 1 yanvardan boshlab AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib belgilangandi. Unga muvofiq, AQSh fuqarolari O‘zbekiston hududiga kirgan kundan boshlab 30 kungacha vizasiz bo‘lib turish huquqiga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:44
Rubio: AQSh NATO bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqadi
08:33
Tramp: AQSh Eron bo‘yicha maqsadiga yetdi, hujumlar tez orada to‘xtaydi
22:50 / 31.03.2026
Tramp Eronning boyitilgan uran zaxiralarini nazoratga olmoqchi emasligini aytdi
22:10 / 31.03.2026