Sport | 11:00 / 21.01.2018
21134
3 daqiqa o‘qiladi

La-liga. «Valensiya» yutqazdi, «Real» 5-o‘ringa tushib ketdi (turnir jadvali)

Foto: La Liga

Ispaniya La-ligasining 20-turidan o‘rin olgan yana ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Yevropa chempionlar ligasiga beriladigan yo‘llanma uchun kurashayotgan ikki jamoa o‘z uchrashuvlarini o‘tkazdi.

O‘tgan turda «Santyago Bernabeu»da sensatsion g‘alabani qo‘lga kiritib qaytgan «Vilyarreal» bu safar o‘z uyida ligada qolish uchun kurash olib borayotgan «Levante»ni qabul qildi. Trigeros va Denis Cherishev tomonidan kiritilgan gollarga, Marti so‘nggi daqiqalarda bir gol bilan javob qaytara oldi. 

«Atletiko»ning ochko yo‘qotishidan esa «Valensiya» unumli foydalana olmadi. «Las-Palmas» mehmoni bo‘lgan «ko‘rshapalaklar» Santi Minaning goli evaziga hisobga oldinga chiqib olishganiga qaramasdan yakunda mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rishdi.

Ushbu natijadan keyin «Valensiya» 40 ochko to‘plagan holda, 3-o‘rinda qoldi. «Vilyarreal» esa g‘alaba natijasida ochkolari sonini 34taga yetkazib oldi va «Real»ni 2 ochkoga ortda qoldirib, 4-o‘ringa ko‘tarildi. Ammo «Real» hisobida ikkita zaxira o‘yini borligini ham ta'kidlab o‘tish joiz.

Ispaniya La-ligasi, 20-tur 

Vilyarreal – Levante 2:1 (1:0)
Gollar: Trigeros (26, penalti), Cherishev (50) – Marti  (90+4, penalti).
Vilyarreal – Asenxo, Mario Gaspar, Bonera, Alvaro Gonsales, Kosta, Rodri Ernandes, Kastilexo (Martines, 75), Trigeros, Fornals (Gerra, 86), Unal, Cherishev (Raba, 65).
Levante –  Olasabal, Koke, Rober, Postigo, Luna, Dukure (Kampanya, 76), Lukich (Ivi Lopes, 53), Lerma, Djyeyson (Marti, 64), Boateng, Morales.
Ogohlantirishlar: Lukich (31), Kosta (39), Postigo (64), Alvaro Gonsales (87).

Las-Palmas – Valensiya 2:1 (1:1)
Gollar: Viyera (20), Kaleri (53, penalti) – Santi Mina (5).
Las-Palmas: Chichisola, Ximo Navarro, Galves, Lemos (Simon, 46), Kastelyano, Dominges, Penyalba (Kastelyano, 80), Viyera, Toledo, Kaleri, Samperio (Xalilovich, 76).
Valensiya: Neto, Montoyya, Gabriel, Ruben Vezu, Toni Lato, Maksimovich, Koklen, Kondogbia, Nacho Xil (Gonsalu Gedesh, 57), Santi Mina (Dzadza, 74), Rodrigo (Vetto, 68).
Ogohlantirishlar: Toni Lato (21), Ruben Vezu (26), Gabriel (52), Montoyya (62), Dzadza (70), Neto (72), Samperio (73), Xalilovich (76), Koklen (90).
Chetlatishlar: Gabriel (52), Ruben Vezu (87).

Bugun bo‘lib o‘tadigan ikki asosiy uchrashuvlar:

21 yanvar, 20:15
Real Madrid – Deportivo
21 yanvardan 22 yanvarga o‘tar kechasi 00:45
Betis – Barselona

Foto: La Liga
Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid