Jahon | 18:30 / 22.05.2024
10552
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil yig‘ish zavodi test rejimida ishga tushiriladi

Zavodda Chevrolet, Daewoo va Isuzu avtomobillarini yig‘ish rejalashtirilgan.

Foto: economist.kg

Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil yig‘ish zavodi 2024 yil 28 maydan sinov rejimida ishlashga tayyor bo‘ladi. Bu haqda Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vaziri Doniyor Amangeldiyev ma’lum qildi. 

Korxona Chuy viloyatining So‘quluq tumanida joylashgan. Zavodda Chevrolet, Daewoo va Isuzu avtomobillarini yig‘ish rejalashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil mart oyida «O‘zavtosanoat», Qirg‘izistonning «DT texnika» va «NUR» kompaniyalari o‘rtasida Qirg‘izistonda yengil va tijorat avtomobillari yig‘ishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan edi. 

Shu bilan birga, Qirg‘izistonda avgust oyi oxirida Xitoy bilan hamkorlikda elektromobillarni yig‘ish zavodini ishga tushirish ham rejalashtirilgan.

Mavzuga oid