Qirğizistonning Öş şahrida Alişer Navoiy nomi bilan atalgan şohköça va şoir haykalining tantanali oçiliş marosimi ötkazildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qildi.

Marosimda qatnaşiş uçun Özbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boşçiligida Andijon viloyati hokimiyati, Yozuvçilar uyuşmasi, Alişer Navoiy nomidagi Özbek tili va adabiyoti universiteti vakillari hamda Özbekistonning Qirğizistondagi elçisi Saidikrom Niyozxöjayev Öş şahriga amaliy taşrif bilan bordi.

Özbekiston delegatsiyasini qirğiz–özbek davlat çegarasidagi “Dostuk” çegara-ötiş punktida Qirğiziston madaniyat, axborot va yoşlar siyosati vaziri örinbosari Askarali Madaminov, prezidentning Öş viloyatidagi vakolatli vakilining birinçi örinbosari Ilyaz Taşbayev, Öş şahar meri Jyenişbek Toktorbayev hamda boşqa rasmiy şaxslar tantanali ravişda kutib oldi.

Oçiliş marosimida Qirğiziston prezidentining Öş viloyatidagi vakolatli vakili Amankan Kenjyebayev boşçiligida davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, Özbekiston delegatsiyasi va OAV xodimlari iştirok etdi. Tadbir Navoiy haykalini oçiş va uning poyiga gulçambarlar qöyiş marosimi bilan boşlandi. Şundan söng özbek va qirğiz san’atkorlari iştirokida Navoiy ijodini aks ettiruvçi sahna körinişlari va uning ğazallariga bastalangan qöşiqlardan iborat konsert dasturi taqdim etildi.

Marosimda sözga çiqqanlar Alişer Navoiyning ma’naviy merosi özbek va qirğiz xalqlarini birlaştiruvçi muhim qadriyat ekani, Öş şahrida Navoiy nomini abadiylaştiriş işlari ikki mamlakat örtasidagi madaniy hamkorlikning yorqin timsoli ekanini ta’kidladilar.

Şahar meri ma’lum qilişiça, Öş şahrida Alişer Navoiy nomidagi istirohat boği 1968 yilda barpo etilgan va buyuk şoirning şahardagi birinçi haykali ham öşa yil örnatilgan. 1991 yilda boğ atrofidagi köçaga Navoiy nomi berilgan bölib, sönggi yillarda ta’mirlaş-obodonlaştiriş işlari natijasida u şohköça maqomiga özgartirilgan.

Tadbir doirasida özbek–qirğiz delegatsiyalari örtasida hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi. Şuningdek, Özbekiston prezidenti farmoniga muvofiq, Öş şahar meri Jyenişbek Toktorbayev “Döstlik” ordeni bilan taqdirlanib, mukofotni Ozodbek Nazarbekov tantanali ravişda topşirdi.