Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston boks jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev yurak xurujiga uchradi
O‘zbekiston boks jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev Parijdagi «Rolan Garros» arenasida Hasanboy Do‘smatovning Olimpiada chempionligi nishonlanganidan so‘ng yurak xurujiga uchradi.
Foto: MOQ
Voqea kiyinish xonasida ro‘y berdi. Dastlab birinchi yordam ko‘rsatildi, ammo 2-3 daqiqada ham murabbiy o‘ziga kelmadi.
Yaxshi hamki, o‘sha vaqtda Britaniya jamoasi shifokorlari Harj Singh va Robbi Lillis yaqinroqda bo‘lishgan. Ular zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatishgan — defibrilliator yordamida Qilichevning hayotini saqlab qolishgan. So‘ng murabbiy shifoxonaga yuborilgan.
Xuruj sabab murabbiy shogirdlari — Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Lazizbek Mullojonov ishtirokidagi finallarni o‘tkazib yubordi.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, To‘lqin Qilichev hozirda shifoxonada va muolajalardan so‘ng uning holati barqaror.
Mavzuga oid
23:54 / 28.09.2025
Murodjon Ahmadaliyev, Isroil Madrimov va Bahodir Jalolov To‘lqin Qilichevga avtomobil sovg‘a qilishdi
22:36 / 28.12.2024
Boks. To‘lqin Qilichev – Osiyoda yil murabbiyi deb e’lon qilindi, yana ikki o‘zbekistonlik ayol bokschi tengsiz bo‘ldi
11:20 / 11.08.2024
Boks federatsiyasi: To‘lqin Qilichevning sog‘lig‘i mo‘tadil, o‘zini yaxshi his qilmoqda
23:21 / 05.08.2022