Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qadimiy qozon ro‘zg‘orda foydalanib kelingani aniqlandi
Bu qozon sak qabilalariga tegishli bo‘lgan va ikki ming yillik tarixga ega hisoblanadi.
Foto: Madaniy meros agentligi
Samarqand viloyatining Payariq tumanida miloddan avvalgi II-I asrlarga oid bo‘lgan sak qabilalariga tegishli bronza qozon topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu qozon 1993 yilda Payariq tumani Muhammadi qishlog‘i fuqarosi o‘sha vaqtda maktabda direktor bo‘lib faoliyat yuritgan Anvar Shog‘dorov tomonidan Qaroqchi tog‘i va Teshiktepa arxeologik yodgorligi oralig‘idagi adirdan kanal qazish vaqtida topib olingan. Faqat uni topib olganlar uning noyobligini bilmagan va uy-ro‘zg‘or ishlarida foydalanib kelgan.
Noyob qozon Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi ilmiy xodimlari muzey to‘plamlarini boyitish maqsadida viloyatlar bo‘ylab ekspeditsiyaga chiqqanda topilgan. Qozon Yettisuv vohasi sak qabilalariga oid bo‘lib, miloddan avvalgi II-I asrlarga oiddir. Uning balandligi 37 santimetr, og‘iz qismining diametri 52 santimetrni tashkil etadi.
Bu ushbu hududda bronza qozonlarning aniqlanishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. Qaroqchi tog‘ining Qo‘shrabot tumanidan o‘tgan qismi yonbag‘rida joylashgan Sirliboytepadan, Payariq tumanidagi Ko‘ktepa arxeologik yodgorligidan ham saklarga oid bronza qozonlar topilgan.
Shuningdek, 2017 yilda Kattaqo‘rg‘on tumanining Oqtov tog‘lariga tutash Yilqihaydar qishlog‘idan ham mahalliy aholi tomonidan topilgan saklarning bronza qozoni muzey-qo‘riqxonaga topshirilgan.
Mavzuga oid
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025